1. Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish Korxona hisob siyosatini o’rganish
Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari
Download 51.42 Kb.
|
7-Mavzu-Aud-k teksh jarayo ichki nazo tizimi о‘rgan baho-sh-2
5. Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari
Nazorat harakatlari – bu shunday xatti-harakatki, siyosat va protseduralar ko’magida rahbariyatga nazoratning bajarilishini ta’minlash borasida yordam beradi. Nazorat harakatlari jarayonlar doirasida bajariladi, masalan, tranzaktsiyalarga va texnologiya muhitiga ishlov berishda zarur bo’ladigan majburiyatlarni bo’lib berish. Ular tashkilotning hamma darajasida bajariladi. Nazorat boyicha ayrim tadbirlar ko’plab tashkilotlarda ko’rib chiqilsada (majburiyatlarni bo’lish, mustaqil taqqoslash, ruxsat berish va kelishuv, tekshiruvlar), biroq nazorat boyicha tadbirlarning universal to’plami hamma tashkilotlarda ham qo’llanilmaydi. Tashkilotlar ko’proq nazoratning tashkilot risklarni baholashda identifikatsiyalaydigan risklarni bartaraf etish uchun ko’proq qo’l keladigan turlarini tanlaydi. Masalan, yuqori tartibga solinadigan (boshqariladigan) tashkilotlar, qoidaga ko’ra, kamroq tartibga solinadigan sub’ektlarga nisbatan nazoratning murakkabroq faoliyatiga ega bo’ladi. Boshqa misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: qayta markazlashtirilgan operatsiyalar va mahalliy avtonomiya va innovatsiyalarga urg’u beruvchi tashkilot operatsiyalari doimiy va yuqori markazlashtirilgan tashkilotlarga nisbatan boshqaruv faoliyatining turli xillariga ega bo’ladi. Nazorat operatsiyalari. Nazorat operatsiyalari (shuningdek, takliflar nazorati deb nomlanuvchi) o’zlarida boshqaruv faoliyatining muhim turini aks ettiradilar. U operatsiyalar riskini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatni nazorat qiladi va u operatsiyalar, hisobraqamlar va tasdiqlashlarning ma’lum jarayonlariga ta’sir qiladi. Ular quyidagilar bilan bog’liq operatsiyalarni o’z ichiga oladi: • biznes jarayonlar; • moliyaviy hisobotning bahosi; • yozuvlarni tartibga solish, yozuvlarni yopish. Axborotlarga ishlov berish operatsiyalari vaqtida tashkilot o’z oldiga axborotlarga aniq va to’liq ishlov berish maqsadini qoyadi. Tashkilot nazoratning quyidagi maqsadlariga erishuvi zarur: • Royxatga olingan operatsiyalar mavjud va o’tkazildi. • Hamma operatsiyalar royxatga olingan. • Operatsiyalar zarur tarzda baholangan. • Operatsiyalar tashkilotning huquq yoki majburiyatlariga tegishli. Operatsiyalarni boshqarishning ma’lum biznes-jarayonlarda bajarilgan xarid qilish va sotish kabi turli xil vositalari, ishlov berishning ushbu maqsadiga erishilganligi haqida oqilona kafolat berish uchun ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Biznes-operatsiyalar bilan bog’liq nazorat operatsiyalari kompyuterning mos kelishi yoki asoslanganlikni, (o’xshash) batafsil yordamchi hisobraqamlar va nazorat hisobraqamlari, xarajatlar haqidagi hisobotni tasdiqlovchi supervizor kabi ruxsat va tasdiqlashlar orasidagi kelishuvlarni tekshirish kabilarni to’g’rilashga o’xshashlarni tekshirib ko’rishni o’z ichiga oladi Download 51.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling