Telefon aloqasi bo‘yicha navbatchilikni toshpirdim:
DSP (imzo)
Operator (imzo)».
«Chislo, mesyats, chasы, minutы.
Dispetcherskim prikazom № …. na peregone ……… po ……. puti vosstanovleno dvijeniye poyezdov po ….. (ukazыvayutsya sredstva svyazi). Dejurstvo po telefonnoy svyazi sdal:
DSP ………………. (podpis)
Operator …………. (podpis)».
Navbatchilikka kirishgan DSP va operatorning familiyalari qo‘shni stansiyaga xabar qilinadi, u yerda bu familiyalar poyezd telefonogrammalari jurnaliga navbatchilikni qabul qilish va topshirish xaqidagi yozuvdan so‘ng yozib qo‘yiladi.
8. Bir tomondan DSP bo‘lmagan alohida punkt bilan chegaralangan peregonda telefon aloqa vositalariga o‘tilgan bo‘lsa, DSP bor bo‘lgan qo‘shni stansiyaning poyezd telefonogrammalari jurnalida poyezdlar harakati to‘g‘risidagi DNS bilan so‘zlashuvlar poyezd telefonogrammalari uchun belgilangan shakllarda qayd etiladi.
9. Poyezd telefonogrammasini uzatishdan avval DSP lari yoki operatorlar o‘zlarining lavozim va familiyalarini o‘zaro xabar qilishlari lozim.
Familiyalar poyezd telefonogrammalari jurnaliga avvaldan yozilganlariga mos kelgan taqdirdagina telefonogrammalar uzatish va qabul qilishga ruxsat etiladi.
10. Poyezd telefonogrammasi jo‘natilgandan so‘ng uning matni telefonogrammani qabul qilgan xodim tomonidan so‘zma-so‘z qaytarish yo‘li bilan to‘g‘riligi tekshiriladi. Takroriy uzatilgan matn jo‘natilgan telefonogrammaga mos bo‘lsa, telefonogrammani uzatgan DSP yoki operator buni "To‘g‘ri" so‘zi bilan tasdiqlaydi, shundan keyin ikkala stansiyaning poyezd telefonogrammalar jurnalida telefonogrammani uzatish va qabul qilish vaqti qayd etilib, DSP yoki operatorning imzosi bilan tasdiqlanadi.
БИР ЙЎЛЛИК УЧАСТКАЛАРДАГИ ПОЕЗДЛАР ХАРАКАТИДА ТЕЛЕФОНОГРАММАЛАР ШАКЛЛАРИ
Do'stlaringiz bilan baham: |