1. Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan du-50 blankasi


Download 72.67 Kb.
bet1/13
Sana09.06.2023
Hajmi72.67 Kb.
#1475172
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-laboratoriya (1)


3 – Laboratoriya ishi: TELEFON ALOQA VOSITALARIDA POYEZDLAR HARAKATINI TAShKIL ETISh


1. Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan DU-50 blankasi pyxcatnoma bo‘lib xizmat qiladi.
DU-50 blankasini berishdan oldin DSP quyidagi xabarlarni qabul qilishi shart:
1 yo‘llik peregonlarda poyezdni qabul qilishga roziligi xususida qo‘shni stansiya navbatchisining poyezd telefonogrammasini;
2 yo‘llik peregonlarda esa, ushbu stansiyaga avval jo‘natilgan poyezdning yetib kelganligi to‘g‘risida poyezd telefonogrammasini.


2. Qo‘shni stansiyalar o‘rtasida poyezd telefonogramalari bilan shaxsan DSP lari yoki ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha operatorlar almashadilar.


3. Poyezdlar harakati xaqidagi barcha so‘zlashuvlar stansiyalararo poyezd telefon aloqasi yoki poyezd dispetcherlik aloqasi orqali olib borilishi lozim.
Stansiyalararo poyezd aloqasi va DNS aloqasi nosoz bo‘lgan favqulotda holatlarda poyezdlar harakati to‘g‘risida so‘zlashuvlar DSP ning ixtiyorida bo‘lgan boshqa aloqa vositalari bo‘yicha ham olib borilishi mumkin.


4. DU-50 blankalari DSP yoki operator tomonidan shaxsan to‘ldiriladi.
DSP yoki operator DU-50 blankalarini faqat poyezd telefonogrammalari jurnalida tegishli yozuvlar:
1 yo‘llik peregonlarda - qo‘shni stansiyadan poyezdni qabul qilishga roziligi xaqida poyezd telefonogrammasi;
2 yo‘lli peregonlarda - qo‘shni stansiyaga avval jo‘natilgan poyezdning yetib borganligi to‘g‘risida poyezd telefonogrammasi mavjud bo‘lsagina to‘ldirish xuquqiga egadirlar.
Operator tomonidan to‘ldirilgan DU-50 blankasini DSP poyezd telefonogrammalari jurnalidagi yozuvlar bo‘yicha tekshirishi hamda stansiya shtempeli va o‘z imzosi bilan tasdiqlashi lozim.
Stansiya turidan kelib chiqqan holda, DU-50 blankasini belgilangan tartibda park navbatchilari ham berishlari mumkin.



Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling