Forma 12.
«Mogu li otpravit poyezd № _____ na post _____ km. DSP (podpis)».
Oldindagi DSP poyezdni jo‘natayotgan stansiya va postga 13-shakl bo‘yicha javob qaytaradi:
13-shakl.
«№____ poyezdni ___km dagi postga jo‘natishingiz mumkin. DSP (imzo)».
Forma 13.
«Mojete otpravit poyezd № …. na post _________ km. DSP (podpis)».
Ushbu ruxsatni qabul qilgandan so‘ng post navbatchisi jo‘natish stansiyasiga 2-shakl bo‘yicha rozilik beradi.
Poyezd postga jo‘natilgani to‘g‘risida jo‘natish stansiyasi navbatchisi post va qo‘shni stansiya navbatchilariga 3-shakl bo‘yicha xabar beradi. Poyezd tutashuvga yetib kelib, tutashuv strelkasi normal holatga o‘tkazilgandan so‘ng post navbatchisi ikkala stansiya navbatchilariga 4-shakl bo‘yicha xabar beradi.
7. Tutashuvdan qo‘shni stansiyalardan birontasiga poyezd jo‘natilganda post navbatchisi ikkala stansiya navbatchilaridan 14-shakl bo‘yicha ruxsat so‘raydi:
14-shakl.
«№_________poyezdni __________ stansiyasiga jo‘natishim mumkinmi? DSP (imzo)»
Forma 14.
«Mogu li otpravit poyezd № ________ na stansiyu _________.DSP posta (podpis)».
Ortdagi DSP postga va oldindagi stansiyaga 15-shakl bo‘yicha javob qaytaradi:
15-shakl.
«№ _____ poyezdni _________ stansiyasiga jo‘natishingiz mumkin. DSP (imzo)».
Forma 15.
«Mojete otpravit poyezd № _____ na stansiyu ________DSP (podpis)».
Ushbu ruxsatni olgandan so‘ng oldindagi DSP 2-shakl bo‘yicha post navbatchisiga poyezdni qabul qilishga rozilik beradi. Rozilikni olib, post navbatchisi poyezdni jo‘natadi, tutashuv strelkasini normal holatga o‘tkazadi va ikkala stansiya navbatchisini poyezd jo‘natilganligi to‘g‘risida 3-shakl bo‘yicha ogohlantiradi.
Poyezd yetib kelganligi to‘g‘risida qabul qilish stansiyasining navbatchisi 4-shakl bo‘yicha post va qo‘shni DSP siga xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |