1. Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan du-50 blankasi


Download 72.67 Kb.
bet11/13
Sana09.06.2023
Hajmi72.67 Kb.
#1475172
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-laboratoriya (1)

4. Poyezd ortiga qaytadigan bo‘lib to‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilganda jo‘natish stansiyasining navbatchisi qo‘shni stansiya (yo‘l posti) ga «___ km dan ortiga qaytadigan bo‘lib» («do …. km s vozvraщeniyem obratno») so‘zlari qo‘shilgan 3-shakldagi telefonogramma bilan xabar yetkazadi, poyezdning qaytishi to‘g‘risida esa qo‘shni stansiya (yo‘l posti) ga 7-shakl bo‘yicha xabar qilinadi.
Jo‘natilayotgan poyezd mashinistiga matni «____ km dan ortiga qaytadigan bo‘lib» («do …….. km s vozvraщeniyem obratno».) so‘zlari bilan to‘ldirilgan DU-50 blankasi taqdim etiladi.
Jo‘natilgan stansiyaga qaytayotgan poyezdlar peregonda yo‘l postlari mavjud bo‘lsa ularni to‘xtamasdan bosib o‘tadilar. Qaytayotgan poyezd o‘tgani to‘g‘risida ham post navbatchisi oldindagi post yoki stansiyaga 7-shakl bo‘yicha xabar beradi.


5. Stansiyalararo peregoning alohida punkti bo‘lgan postda tutashuv mavjud bo‘lsa, poyezdlar to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab stansiyadan tutashuvga va tutashuvdan stansiyaga odatdagi tartibda jo‘natiladi. Poyezd jo‘natilganligi to‘g‘risida stansiya yoki post navbatchisi 3-shakl bo‘yicha, kelganligi to‘g‘risida 4-shakl bo‘yicha telefonogramma uzatadi.
Tutashuvga yordamchi post xizmat ko‘rsatsa, u faqat tutashuvga borayotgan yoki tutashuvdan qaytayotgan poyezdlar harakati to‘g‘risidagi so‘zlashuvlarda ishtirok etadi. Poyezd tutashuvga jo‘natilgani to‘g‘risida qo‘shni stansiya va postga 3-shakl buyicha «___ km dagi postga» («na post …. km») so‘zlarini qo‘shib xabar qilinadi.
Tutashuv strelkasi normal holatga o‘tkazilgandan so‘ng poyezd kelganligi to‘g‘risida post navbatchisi ikkala stansiya navbatchilariga 4-shakl bo‘yicha xabar yetkazadi. Yordamchi post xizmat ko‘rsatadigan tutashuvdan qo‘shni stansiyalardan biriga poyezd 14 va 15-shaklda ko‘zda tutilgan tartibda jo‘natiladi.


6. Poyezd regulirovka tartibida (DNS ning buyrug‘i olingandan so‘ng) noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilganda stansiyalar o‘rtasida quyidagi shakldagi telefonogrammalar bilan almashinadi:



Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling