8. Keyinchalik tutashuvga qaytish uchun harakat tarkibi bilan tutashuvdan asosiy yo‘lga chiqish zarurati tug‘ilsa, peregon poyezd dispetcherining buyrug‘i bilan barcha poyezdlar harakati uchun yopiladi.
DNS ning peregon yopilgani xususida buyrug‘i uzatilgandan so‘ng asosiy yo‘lga DSP ning signali bo‘yicha chiqiladi.
Peregon bo‘shatilib, tutashuv strelkasi normal holatga o‘tkazilgandan so‘ng harakat uchun ochiladi.
ИККИ ЙЎЛЛИК УЧАСТКАЛАРДАГИ ПОЕЗДЛАР ХАРАКАТИДА ТЕЛЕФОНОГРАММАЛАР ШАКЛИ
1. Ikki yo‘llik peregonlarda poyezdlar qabul qilinganda va jo‘natilganda telefonogrammalar 3 va 4-shakllarda jo‘natiladi, bunda qabul qilish stansiyasidan 4-shakl bo‘yicha olingan xabar shu yo‘nalishda keyingi poyezdni jo‘natishga xuquq beradi. Poyezdlar suruvchi lokomotivlar bilan harakatlanganda 3 va 4-shakllarga bunday holatlar uchun 5 va 6 -shakllarda ko‘rsatilgan matn qo‘shiladi.
2. Poyezd xabar uzatish stansiyasidan to‘xtamasdan o‘tganda, uning kelishi va jo‘nashi to‘g‘risida qo‘shni stansiyalarga 11-shakl bo‘yicha xabar yuboriladi.
3. Ikki yo‘llik peregondagi yo‘l postlari mavjud bo‘lsa, jo‘natish stansiyasining navbatchisi poyezd jo‘natilganligi haqida post navbatchisini 3-shakl buyicha ogohlantiradi.
Post navbatchisi postlararo keyingi peregon poyezdlardan bo‘sh bo‘lsa, kirish signalini ochib, mashinistga DU-50 blankasini harakat vaqtida taqdim etgan holda poyezdni to‘xtatmasdan o‘tkazib yuboradi.
Poyezd o‘tgandn co‘ng post navbatchisi kirish signalini yopadi va ikkala qo‘shni stansiya navbatchilari poyezd o‘tgani to‘g‘risida 11-shakl bo‘yicha xabar yetkazadi.
Oldindagi postlararo peregon band bo‘lganda, kelayotgan poyezd yopiq kirish svetofori oldida peregon bo‘shaguncha to‘xtatiladi. Ushbu poyezd jo‘natilganligi to‘g‘risidagi telefonogramma orqadagi stansiyaga, u postdan jo‘natilgandan so‘nggina uzatiladi.
Poyezd kelganligi to‘g‘risida kelish stansiyasining navbatchisi post navbatchisiga 4-shakl bo‘yicha xabar beradi.
Yo‘l postidagi kirish signalining nosozligida oldindagi peregon bo‘sh bo‘lganda, post navbatchisi poyezdni bevosita kirish signali oldida kutib oladi va harakatni davom ettirish xuquqini beruvchi DU-50 blankasini mashinistga taqdim etadi. DU-50 blankasining tepasida «Kirish signali nosoz" degan belgi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |