9 – ma’ruza: temir yo‘llarda avtomatika va telemexanika


Download 173.5 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1378430
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-Ma\'ruza


9 – MA’RUZA:
TEMIR YO‘LLARDA AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA

Reja:
1. Temir yo‘llarda avtomatika, telemexanika va signalashtirish haqida tushunchalar


2. Signallar, ularning turlari va qo‘llanishi
3. Poyezdlar harakatini intervalli boshqarish tizimlari. Peregonlarda qo‘llaniladigan SMB qurilmalari
4. Avtomatik blokirovka. Avtoblokirovka


1. Temir yo‘llarda avtomatika, telemexanika va signalashtirish haqida tushunchalar

Temir yo‘l transportining barcha tarmoq va xo‘jaliklarida turli ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik va telemexanik boshqarish tizimlari keng qo‘llanadi. Ushbu xo‘jaliklar zamonaviy hisoblash va kompyuter tizimlari, tortish nimstansiyalarini, suv ta’minoti punktlarini teleboshqaruv tizimlari, vokzallarda yo‘lovchilarga barcha turdagi xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar komplekti, lokomotiv va vagon xo‘jaliklarida qo‘llanadigan avtomatika tizimlari bilan etarlicha jihozlangan. Temir yo‘llarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TYBAT) o‘zida bir qator quyi tabaqa tizimlarini mujassamlashtirgan bo‘lib, ular saralash stansiyalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (SSBAT), tashish jarayonlarini tezkor boshqarish (TJTBAT), elektr ta’minotining avtomatlashgan boshqaruv tizimi (ETABT) va boshqalardan tashkil topgan. Temir yo‘llarning turli xo‘jaliklarida qo‘llanadigan avtomatika va telemexanika tizimlari juda ko‘p va murakkab bo‘lib, ular haqida ma’lumotlar tegishli bo‘limlarda berib boriladi. Mazkur bo‘limda faqat temir yo‘llarda poyezdlar harakatini boshqarish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanadigan avtomatika, telemexanika va signallashtirish qurilma va uskunalari haqida tushunchalar beriladi.


Eng oddiy tizimlarda terish jarayoniga mos keluvchi va chiqish kanaliga ega bo‘lgan protsess mavjud. Bunday tizimlar to‘liq mexanizatsiyalashganda ishlaydi, chunki jarayondagi o‘zgarishlar va tashqi muhit ta’siri juda yuqori bo‘ladi. Bunday qaytuvchi aloqa boshqaruvning mohiyatini ko‘rsatib beradi. Qaytuvchi aloqa tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lib, aksariyat hollarda samarali hisoblanadi. Tizim ochiq bo‘lgan vaqtda ishlash osonlashadi, ammo tizimdagi hatoliklar soni ortib ketadi. SHuning uchun ochiq va yopiq konturli tizimlar alohida shakllantiriladi (11.1 rasm).

11.1. Rasm. Ochiq va yopiq ilmoqli tizimlar.


Boshqaruv tizimlarini loyihalashda eng oddiy faktorlarni unutmaslik kerak. Misol uchun, sodda va yomon kommunikatsiyadan foydalanuvchi temir yo‘l dispetcheri. Bajarilayotgan operatsiyalar yoki qabul qilinuvchi axbortlar to‘liq bo‘lmasa, fazifalarni bajarish jarayoni samarasi pasayishi yoki ishning yomonlashuvchiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun temir yo‘l transportini boshqaruv jarayonida telemexanika vositalari to‘liq ravishda ishlashi zarur. telemexanika va avtomatika vositalari muayyan tizimga bog‘langan bo‘lsa, bu jarayon faoliyati mukammal hisoblanadi.
Poyezdlar harakati va stansiyalarda manyovr ishlari doimo o‘zgarib turadigan sharoitlarda bajariladi. Bunday holatlarda katta masofalarga lokomotiv mashinistlariga va harakatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatchilarga tegishli buyruq va ko‘rsatmalarni uzatish uchun temir yo‘l signallari qo‘llanadi. Temir yo‘llarda signallashtirish harakat xavfsizligini ta’minlash, hamda poyezdlar harakati va manyovr ishlarini aniq bajarish uchun qo‘llanadi.



Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling