9 – ma’ruza: temir yo‘llarda avtomatika va telemexanika


Signallar, ularning turlari va qo‘llanishi


Download 173.5 Kb.
bet2/7
Sana22.04.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1378430
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-Ma\'ruza

2. Signallar, ularning turlari va qo‘llanishi


Svetoforlarning tuzilishi. Signal ko‘rinuvchan yoki tovushli shartli belgi bo‘lib uning yordamida ma’lum buyruq beriladi. Temir yo‘l xizmatchilari signal talablarini bajarish uchun barcha imkoniyatlardan foydalana bilishlari kerak. Temir yo‘l transportida odatda signal tushunchasida signal asbobi va signal ko‘rinishini tushuniladi.
Temir yo‘llarda qo‘llanadigan signallar idrok qilish usuliga qarab ko‘rinuvchan va tovushli bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinuvchan signallar chiroq, shchit, bayroq, gardishlar rangi, signal ko‘rsatkichlarining soni, o‘zaro joylashuvi, signal chiroqlarining yonish tartibi va ko‘tarib yuriluvchi signal shchitlarining shakli bilan farqlanadi. Ko‘rinuvchan signallar uzoq masofalardan ko‘rinishi bilan ishlatishga qulaydir.
Tovushli signallar har xil uzunlikdagi tovushlarining soni va o‘zaro birikuvi bilan farq qiladi. Aniqroq aytganda, qisqa va uzun tovushlarning soni va qo‘shilmasi bilan farqlanib kunduzi va kechasi bir xil ma’noni anglatadi. Tovushli signallarni berish uchun lokomotivlar, motorli vagonlar, drezina hushtaklari, qo‘l hushtaklari, surnay, sirena, gudok va petardalar qo‘llanadi. Tovushli signallar odatda qisqa masofalardan eshitiladi va ularni uzatish aniqligi kamroq bo‘lgani sababli odatda ushbu signallarni berishda odam ishtiroki talab etiladi.



Rasm 11.2. Piramida tizimi.

Ovozli signallar fuqarolik muhofazasi bo‘yicha umumiy signallardan va temir yo‘llarga xos maxsus signallardan iborat bo‘lishi mumkin. Hozirda takomillashgan zamonaviy aloqa tizimlari keng qo‘llanishi sababli temir yo‘llarda tovushli signallarning asosan harakat tashkiliga tegishli bo‘lgan belgilari qo‘proq amalda qo‘llaniladi, jumladan: jo‘nash, oldinga yoki orqaga yurish, tormozlash, tormozlarni bo‘shatish, harakatni sekinlashtirish, to‘xtash va shu kabilar.


Ko‘rinuvchan signallar qo‘llanadigan vaqtiga qarab kunduzgi, tungi va kecha-kunduz birday qo‘llanadigan bo‘lishi mumkin. Ko‘rinuvchan signallar svetoforlar, bayroqlar, fonarlar, shchit va gardishlar, signal belgilari va signal ko‘rsatkichlari yordamida beriladi.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling