9 – ma’ruza: temir yo‘llarda avtomatika va telemexanika


Download 173.5 Kb.
bet3/7
Sana22.04.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1378430
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-Ma\'ruza

Kunduzgi signallar kunning yorug‘ vaqtida amal qilib signal rangi, shakli, holati, soni va birlashishi bilan farqlanadi.
Tunggi signallar kechasi beriladigan signal chiroqlarining belgilangan ranglari va qo‘shilishi bilan farqlanadi, ular qo‘l va tutqichlarga o‘rnatilgan fonarlar yordamida beriladi.
Kecha-kunduzgi signallar svetoforlar yordamida berilib rangi, yonish tartibi va ranglar qo‘shilishi bilan kecha-kunduz birday qo‘llanadi.
Temir yo‘llarda signal uskunalari, qo‘rsatkichlari, joylashtirish va qo‘llanish tartiblari temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari va temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalarda belgilangan.
Ko‘rinuvchan signallar signal asboblariga qarab: doimiy (temir yo‘lning belgilangan joylarida o‘rnatiladigan svetoforlar va lokomotiv svetoforlari); ko‘chirib o‘tkaziladigan (shchitlar, bayroqlar, biror yo‘l bo‘lagi yoki harakat vositalarini vaqtinchalik muhofazalash uchun uch oyoq tayoqchaga o‘rnatilgan fonarlar); signal berish uchun bayroqlar, gardishlar va fonarlar; poyezdlarni belgilovchi (gardishlar, bayroqlar va fonarlar) turlarga bo‘linadi.
Temir yo‘llarda signallardan tashqari signal qo‘rsatkichlari va signal belgilari keng qo‘llanadi. Signal ko‘rsatkichlarining olti turi mavjud bo‘lib, ular: marshrut, strelka, yo‘l muhofazalovchi, gidrokolonka, buksalar qizishi va «Tok qabul qilgichni tushirish», kabilar bo‘lib ma’lum qurilma va uskunalarning holatini belgilaydi. Signal belgilari esa mashinistning ma’lum harakatlar qilishi (masalan, «Tok qabul qilgichni ko‘tarish», «Tezlikni kamaytirish» va sh.k.) lozimligini takidlaydi.
Temir yo‘llarda doimiy signallar sifatida asosan svetoforlar qo‘llanadi. Ular asosiy va ogohlantiruvchi turlarga bo‘linib, asosiylari stansiyalarni va peregonlarda blok-uchastkalarni muhofazalash uchun o‘rnatiladi, harakatga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi. Ogohlantiruvchi signallar esa asosiy signalga yaqinlashayotganlik va uning ko‘rsatishi haqida ma’lumot beradi.
O‘z vazifasiga qarab asosiy signallar kirish, chiqish, o‘tkazish, marshrut va himoyalovchi turlarga bo‘linadi. Temir yo‘llarda manyovr, saralash tepaligi, takrorlovchi, to‘suvchi va lokomotiv svetoforlari ham qo‘llanadi.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling