1. Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan du-50 blankasi


Ikki yo‘llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda har


Download 72.67 Kb.
bet3/13
Sana09.06.2023
Hajmi72.67 Kb.
#1475172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-laboratoriya (1)

3. Ikki yo‘llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda har bir peregon uchun alohida, ikkita poyezd telefonogrammalari jurnali yuritiladi:
har bir jurnalning chap betlarida toq yo‘nalishdagi poyezdlar;
o‘ng betlarida esa - juft yo‘nalishdagi poyezdlar uchun telefonogrammalar yoziladi.
Poyezd ikki yo‘llik peregonda noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilsa, toq yo‘nalishdagi poyezdlar uchun telefonogrammalar jurnalining o‘ng betlarida, juft yo‘nalishdagi poyezdlar uchun esa, jurnalning chap betlarida yoziladi.
Ikki yo‘lning peregonninig asosiy yo‘llaridan birida harakatlanuvchi poyezdlar xaqidagi barcha telefonogrammalar hamma hollarda jurnalning peregonning ushbu asosiy yo‘liga tegishli bo‘lgan bir varag‘ida yoziladi.
Stansiyaga uch yoki undan ortiq yo‘nalish tutashgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishlardagi tutashgan har bir peregon uchun poyezd telefono-grammalarining alohida jurnali yuritiladi.


4. Barcha poyezd telefonogrammalari jurnalda shaxsan stansiya navbatchisi yoki operator tomonidan faqat siyoh bilan yozilishi shart.
Chiqish telefonogrammalari shaxsan stansiya navbatchisi tomonidan imzolanishi lozim.
Operator har bir kirish telefonogrammasini yozgandan so‘ng, o‘qishi va imzolashi uchun darhol stansiya navbatchisiga taqdim qilishi kerak.
Poyezd telefonogrammalari jurnaliga yozuv vaqtini qisqartirish maqsadida, AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘ining farmoyishi bilan poyezd telefonogrammalari matni tushirilgan maxsus shtamplar qo‘llanishi mumkin.


5. Chiqish poyezd telefonogrammalari Toshkent vaqti bo‘yicha nol soatdan boshlab sutka mobaynida (birinchi nomerdan boshlab) har bir peregon uchun alohida olib boriladi. SSB vositalari harakati to‘xtashi natijasida telefon aloqasiga o‘tilgan paytdan boshlab, chiqish telefonogrammalari birinchi nomerdan yuritiladi. Asosiy aloqa va signalizatsiya vositalarining sutka mobaynida takroran uzilishlari va telefon aloqasiga o‘tish paytida, birinchi o‘tishda boshlangan jo‘natilayotgan telefonogrammaning ketma-ketlik nomerlanishi saqlanib qoladi.
Kirish telefonogrammalari jurnalga ularni jo‘natgan stansiya qo‘ygan nomer bo‘yicha yoziladi.



Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling