10-shakl.
«№ ______ poyezdning suruvchisi ... soat... minutda qaytib keldi. DSP (imzo)».
Forma 10.
«Tolkach poyezda № ____ vozvratilsya v ___ ch___ min. DSP (podpis)».
Qo‘shni stansiyagacha harakatlanadigan suruvchi lokomotivli poyezd jo‘natilganda telefonogrammalar 1, 2, 3 va 4-shakllar bo‘yicha «suruvchili» («s tolkachom») so‘zi qo‘shib uzatiladi.
3. Stansiyadan to‘xtamasdan o‘tuvchi poyezdlar to‘g‘risida telefonogrammalar bilan odatdagi tartibda 1 va 2-shakllar bo‘yicha almashiniladi, poyezdning o‘tishi (kelishi va ketishi) to‘g‘risida qo‘shni stansiyalarga xabar esa 11-shakl bo‘yicha uzatiladi:
11-shakl.
«№ ____ poyezd ... soat ... minutda o‘tdi. DSP (imzo)».
Forma 11.
«Poyezd № _____ prosledoval v ____ ch _____ min. DSP (podpis)».
4. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi poyezdlar stansiyada kesishganda, qarshi yo‘nalishda jo‘natiladigan poyezd mavjud DSP qo‘shni stansiya navbatchisiga u tomondan poyezd yetib kelganligi xaqida xabar qiladi va bir vaqtning o‘zida, 4 va 1-shakllar yoki 11 va 1-shakllar matnini birlashtirib, qarshi yo‘nalishdagi poyezdni jo‘natish uchun so‘rov yuboradi.
5. Tutashuvga xizmat ko‘rsatish uchun peregonda yordamchi post tashkil etilganda ushbu post faqat tutashuvga qarab borayotgan va tutashuvdan qaytayotgan poyezdlar harakati to‘g‘risidagi so‘zlashuvlarda ishtirok etadi.
6. Yordamchi post xizmat ko‘rsatuvchi tutashuvga qo‘shni stansiyalarning biridan poyezd jo‘natilishidan avval poyezdni jo‘natayotgan DSP post navbatchisi va oldindagi stansiya navbatchisidan 12-shakl bo‘yicha ruxsat so‘raydi:
12-shakl.
«№____ poyezdni ___km dagi postga jo‘natishim mumkinmi? DSP (imzo)».
Do'stlaringiz bilan baham: |