– amaliyot ishi peregonda svetoforlarni tezlik egri chiziq bo’yicha joylashtirish


Download 40.89 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi40.89 Kb.
#1453703
  1   2
Bog'liq
6. AMALIYOT ISHI


5 – 6 – AMALIYOT ISHI
Peregonda svetoforlarni tezlik egri chiziq bo’yicha joylashtirish (1-2 – qisimlar)

  1. Ishdan maqsad

Peregonda svetoforlarni tezlik egri chiziq bo’yicha joylashtirishni ko’rib chiqish.

  1. Umumiy ma’lumotlar


Avtoblokirovka signallarini joylashtirish uchun chizmadan peregon- dagi poyezdlarning egri chiziqli tezligi tanlanadi. Avtonom tyaga uchun - 1, doimiy tokli elektr tortqi uchun - 2, o‘zgaruvchan tokli elektr tortqi uchun - 3.

1-rasm. Peregondagi poyezdlarning egri chiziqli tezligi.


1 jadval
Poyezd tortqi turi va temir yo‘l uchastkasi elektr ta’minot shartlari


Variant


Poyezd tortqi turi

Poyezd tortqisining yaqindagi ta’mirlash istiqboli


AB YUKL ta’minot punktlari (asosiy va zaxiraviy )


Elektr ta’minot bo‘ylama EUL

4, 5, 7, 15



Uzgaruvchan tokli elektr
tortqi



Tayanch podstansiyalar

DPR – 27kV
(kontakt tarmog‘i ustunlarida)

3, 9, 13, 17


Teplovozli


Elektr tortqiga uzgartirish



2-toifali elektr qabul qilgichlar uchun elektr tarmoqlarining transformator
podstansiyalari

EUL – 10kV


(temir-beton ustunlarida)

2, 11, 14, 18


Teplovozli




1-toifali elektr qabul qilgichlar uchun elektr tarmoqlarining transformator
podstansiyalari


6, 8, 10, 19


Doimiy tokli elektr tortqi



Tayanch podstansiyalar

EUL – 10kV
(kontakt tarmog‘i ustunlarida)

Avtoblokirovka svetoforlarini o‘rnatish uchun poyezd tezligi tenglamasidan foydalangan holda tortqi hisob-kitoblari olib boriladi. Hisob-kitoblar asosida yo‘l profilining turli qismlarida poyezd harakati tezligi, peregondan o‘tish vaqti, to‘xtash shartlari va natijalari aniqlanadi. Tortqi xisob-kitoblari ma’lumotlaridan foydalangan holda peregon va stansiyada poyezd harakati vaqti va egri chiziqli tezligi quriladi, qaysiki avtoblokirovka svetoforlari o‘rnatilishi ishlab chiqiladigan.


Avtoblokirovkani loyixalashda signallarni o‘rnatishning ikkita turi qo‘llaniladi: 1) egri chiziqli tezligi va vaqtlar oralig‘ini qo‘llash; 2) egri chiziqli vaqt, birinchi poyezd oxiri va ikkinchi poyezd boshi qo‘rilgan vaqt. Ikkinchi usul mehnat talab etgani tufayli birinchi usul ko‘proq qullaniladi, ikkinchi usulni esa, xususan, shahardan tashqari uchastkalarda svetoforlarni o‘rnatish uchun qo‘llashadi.
Svetoforlarni o‘rnatishda berilgan ma’lumotlar quyidagilardir:

  • uch qiymatli magistral uchastkalarda eng og‘ir yukli yuk poyezdi hisoblanadi; uch va to‘rt qiymatli shaharlararo uchastkalarda esa boshqa poyezdlarga solishtirganda kam yukli va kam tezlikka ega bo‘lgan shaharlararo poyezdni hisoblash hisoblanadi;

  • uch qiymatli magistral’ liniyalarda hisoblanadigan yuk poyezdi uzunligi 850, 1050, 1250 m ni tashkil etadi;

  • uch qiymatli chegara poyezdlarida uchchga, to‘rt qiymatlida esa to‘rtga bo‘linadi;

uch qiymatli tizimda blok-uchastka uzunligi yo‘lning shu qismi uchun aniqlangan tavsiyaviy maksimal tezlik va to‘liq xizmat tormozlanishida tormoz yo‘lining uzunligidan kichik bo‘lmasligi kerak, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda esa avtoto‘xtashni hisobga olgan holda favqulotda tozmozlashda tormoz yo‘li uzunligidan kam bo‘lmasligi, ammo shu holatda ham 1000 dan kam bo‘lmasligi kerak. Blok uchastkaning maksimal uzunligi 2600 m gacha, kirish svetoforidan oldingi uchastka uzunligi esa 1500 dan oshmasligiga ruxsat etiladi; qurilishni arzonlashtirirsh uchun va qulay xizmat ko‘rsatish uchun qarama-qarshi yo‘nalishdagi svetoforlarni birlashtirish (juftlash) kerak. Svetoforlarni birlashtirishda hisoblangan intervaldan magistral uchastkalarda interval chegarasidan ±1 min. va shaharlararo uchastkalarda 0,5 min. interval kamayishi tomonga og‘ishga ruxsat etiladi.
Svetoforlarni o‘rnatishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

  • svetoforlar yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarda yoki egriliklar boshida o‘rnatilishi kerak, egriliklarda svetoforlarni o‘rnatish shartlari uning signal ko‘rsatkichlari eng yaxshi ko‘rinishi o‘rnatilish joyini tanlash kerak;

  • svetoforlarning mavjud belgisi shunday hisob-kitob bilan o‘rnatilishi kerakki o‘rnatilgan belgilar signalning ko‘rinishini yomonlashtirishi kerak emas;

  • tunel va katta ko‘priklarda svetoforlar qoidadagidek sun’iy inshootlar oldidan yoki ularning orqasida poyezdning maksimal uzunligidan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi;

  • shaharlararo uchastkalarda svetoforlar qoidadagidek platforma orqasida poyezd yo‘nalishi bo‘ylab svetoforning taqiqlovchi ko‘rsatkichida to‘xtagan holda yo‘lovchilarni tushirish va chiqarish uchun qulay joyda o‘rnatiladi;

Peregon ro‘yxati va shartli ruxsat beruvchi o‘tish svetoforlari va yuk poyezdlari og‘irligi shu signallarni o‘tishga ruxsat berish “O‘TY” AJ ko‘rsatmalari asosida temir yo‘l boshlig‘i tomonidan o‘rnatiladi.
Hozirgi kunda o‘tish svetoforlarini raqamlashning quyidagi tizimi mavjud: shu peregonning toq yo‘nalishdagi barcha svetoforlari qabul qiluvchi stansiyadan boshlab o‘suvchi toq sonlar bilan raqamlanadi 1, 3, 5 va h. k.; qabul qiluvchi stansiya tomondan juft yo‘nalish esa o‘suvchi juft raqamlar bilan raqamlanadi 2, 4, 6 va h. k. Bunday kamayish tartibidagi raqamlashmashinistga stansiyaga yaqinlashishini bildiradi va o‘z vaqtida poyezdni tozmozlash uchun chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi.
Birinchi usul bo‘yicha ya’ni ikki poyezd orasidagi vaqt intervalini aniqlab signallarni o‘rnatishda egri chiziqli tezlikda vaqt kattaliklari ishlab chiqiladi. Kattaliklar vaqtning yordamchi uchburchaklari yordamida amalga oshiriladi. Uchburchak balandligi maksimal tezlik qiymatiga, asosi esa yo‘lnikiga mos bo‘ladi.
Asosi o‘lchamlari va uchburchak balandligi quyidagicha tanlnadi, uchburchakning yon tomonlari kesishishi natijasidagi masshtab 1 min. ni tashkil etishi kerak. Uchburchak balandligini 12 sm (poyezd harakat tezligi 120 km/soat) va asosini esa 4 sm qilib olish tavsiya etiladi (3, a rasm). Uchburchak parametrlari Agar egri chiziqli tezlikni kesishuvchi nuqtalar a, b yoki yon tomoni v, g larni uchburchak asosiga proyeksiya tushirsak hosil bo‘lgan a, b yoki v, g nuqtalar orasidagi masofa poyezd bosib o‘tgan 1 min. yo‘lni ko‘rsatadi. Daqiqaning bir ulushini topish uchun uchburchak asosi teng 10 ta bo‘lakka bo‘linadi va hosil bo‘lgan nuqtalar asos qarshisidagi burchak bilan tutashtiriladi.



Download 40.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling