– amaliyot ishi peregonda svetoforlarni tezlik egri chiziq bo’yicha joylashtirish
-rasm. Vaqt oralig‘i uchun foydalaniladigan uchburchak
Download 40.89 Kb.
|
1 2
Bog'liq6. AMALIYOT ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Namunadagi peregon uchun egri chiziili tezlikda svetoforlar joylashishi
- Nazorat savollari
2-rasm. Vaqt oralig‘i uchun foydalaniladigan uchburchak
Uch belgili avtoblokirovka svetoforlarining 8 min. poyezdlararo intervali va poyezdning hisobiy uzunligi lp = 850 m belgilangan tezlik egriligida vaqt belgilari bo‘yicha joylashtirish tartibi 4-rasmda ko‘rsatilgan. Birinchi bo‘lib birinchi seriya svetoforlari o‘rnatiladi. Tezlik egriligi bo‘yicha uchburchak o‘ng tomonga ko‘chirilib, vaqt belgilari qo‘yilib, №1 poyezd markaziga to‘g‘ri keluvchi 8 daqiqa sanaladi va a nuqta topiladi. 4-rasm. Namunadagi peregon uchun egri chiziili tezlikda svetoforlar joylashishi Ushbu nuqta orqali yo‘l liniyasiga perpendikulyar liniya o‘tkaziladi va poyezd dumining joylashishini aniqlash va I seriya №5 svetofrining joylashishini aniqlash uchun undan chap tomonga poyezd uzunligining yarmiga teng masofa qoldiriladi. I seriyadagi ikkinchi svetofor joylashish nuqtasini aniqlash uchun, №1 poyezd №5 svetoforidan o‘tib ketganidan 8 daqiqa o‘tgach, ushbu svetofor oldida №2 poyezdning boshi bo‘lishi nazarda tutilishi kerak. Poyezdlar markazlari bir biridan 8 daqiqaga ko‘chirilganligi sababli, avvalo №2 poyezdning markazi aniqlanadi Buning uchun №5 svetofor o‘qidan chap tomonga №2 poyezdning yarim uzunligi qoldiriladi va №1 poyezd markazidan №5 svetofor oldida №2 poyezd bo‘lgan nuqtaga o‘tamiz. Topilgan nuqtani yo‘l liniyasiga ko‘chirilishi orqali va lp/2 ni chapga ko‘chirish orqali I seriya ikkinchi svetoforining joylashtirish joyi aniqlanadi. I seriyadagi qolgan svetoforlarning joylashtirilishi shu tariqa davom ettiriladi [3]. Poyezdlar har doim uchta blok-uchastka bilan chegaralanishi lozim bo‘lganligi sababli I seriya birinchi svetofori va bekatning chiqish svetofori oralig‘ida, hamda I seriyadagi svetoforlar oralig‘ida II va III seriya svetoforlari o‘rnatilishi lozim. II va III seriya birinchi svetoforini o‘rnatish uchun poyezdning chiqish svetoforidan I seriyadagi birinchi svetoforigacha poyezdning harakatlanish vaqti uch bir hil qismlarga bo‘linadi. SHu bo‘linish nuqtalari II va III seriya birinchi svetoforlarining joylashish nuqtalari bo‘ladi. Ko‘rilayotgan holatda chiqish svetofori 1,7 min (e nuqta) vaqt belgisiga teng ordinatada, I seriya birinchi svetofori 7,5 min ordinatasida joylashgan. CHiqish svetoforidan 5 svetoforigacha poyezdning harakatlanish vaqti 7,5—1,7=5,8 min hosil qiladi. 5,8 ni uchga bo‘linganida I va II seriya svetoforlari oralig‘idagi 1,9 min ga teng vaqt intervali aniqlanadi. 7,5 ordinatadan hosil qilingan 1,9 intervalni hisoblash orqali II seriya birinchi svetofori №3 o‘rnatilish joyi, g nuqta ordinatasi aniqlanadi. 5,6 daqiqa ordinatasidan 1,9 intervali hisoblanib III seriya birinchi svetofori №1 joylashish nuqtasi, d nuqta ordinatasi, 3,7 min hosil qilinadi. III seriya ikkinchi svetoforining o‘rnatilish joyini aniqlash uchun №1 svetoforidan chap tomonga lp/2 qoldiriladi va j nuqta aniqlanadi, undan tezlik egriligi bo‘yicha o‘ngga 8 min qoldiriladi va i nuqta aniqlanadi. Bu nuqta yo‘l liniyasiga ko‘chiriladi va chapga lp/2 ga qoldiriladi, shu bilan III seriya ikkinchi svetoforining o‘rnatilish joyi aniqlanadi. shu yo‘l bilan II va III seriya keyingi svetoforlari joylashtirish nuqtalari aniqlanadi. Bir yo‘nalishdagi svetoforlar joylashtirib chiqilganidan so‘ng, ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. Qarama-qarshi yo‘nalish svetoforlari ordinatada to‘g‘ri kelmagan barcha holatlarda, ruxsat etilgan chegaralarda ularni bir nuqtaga tushganiga qadar joylari o‘zgartirilishi orqali muammo hal qilinadi. Svetoforlarning joylashishini o‘zgartirilishi yo‘l profili va joyining ko‘rinish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ham bajarilishi mumkin. Svetoforlar joylashtirilishi tugatilgach, hosil bo‘lgan blok-uchastkalar uzunligi qabul qilingan normalarga va yo‘lovchi yoki yuk poyezdini maksimal tezlikdagi aniqlanadigan maksimal tormoz masofasiga to‘g‘ri kelishi tekshiriladi. YAqinlashish uchastkasi uzunligi favqulotda tormozlashda tormoz yo‘lining uzunligidan kam bo‘lmasligi va 1500 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Nazorat savollari Peregondagi poyezdlarning egri chiziqli tezligi nima uchun kerak? Peregonda svetoforlarni tezlik egri chiziq bo’yicha joylashtirish deganda nimani tushinasiz? Vaqt oralig‘i uchun foydalaniladigan uchburchak nima uchun kerak? Namunadagi peregon uchun egri chiziqli tezlikda svetoforlar joylashishini tushuntiring? Download 40.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling