1. Temir yo'llar tarixi haqida ma'lumot bering. Temir yoʻl transporti


Poezdlarda sayyohlarga xizmat ko'rsatish


Download 83.54 Kb.
bet6/12
Sana21.06.2023
Hajmi83.54 Kb.
#1640230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
transport yakuniy

10 Poezdlarda sayyohlarga xizmat ko'rsatish
11 Teplovozlar haqida ma'lumot bering
teplovoz — ichki yonuv dvigateli (dizel) oʻrnatilgan tortuvchi kuch mashinasi; lokomotiv. Issiklik dvigatelidan temir yoʻlda foydalanish yuyasi 19-asr oxirlarida oʻrtaga tashlangan. 20-asr 20-yillarigacha Teplovozning bir necha turi yaratildi. Korxona ichida yuk tashishda ishlatiladigan avtodrezina, motovozlar dastlabki Teplovozlardir. Birinchi Teplovoz Germaniyada 1912-yil sinab koʻrilgan. 1922-yil rus muhandisi A.N.Shelest Teplovozning mexanik uzatmasi konstruksiyasini yaratdi (lekin uning gʻoyasi 1950 yiil Shvetsiyada amalga oshdi). SSSR da Ya. M. Gakkel (ruscha: Яков Модестович Гаккель) konstruksiyasi boʻyicha dunyoda birinchi magistral Teplovoz 1924-yil yaratildi. Keyinchalik Teplovoz konstruksiyasi takomillashtirib borildi. 1932-yil birinchi magistral elektrovoz yasaldi.
Teplovozning asosiy qismlari: dvigatel, kuch qurilmasi, ekipaj qismi, yordamchi jihozlar. Mashina boʻlimiga oʻrnatilgan dvigatel yonilgʻi (dizel yonilgʻisi)ning issiklik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uni mexanik, gidravlik yoki elektr kuch qurilmasi orqali gʻildirak juftlariga uzatadi.
Elektr kuch qurilmali Teplovoz eng koʻp tarqaldi. Bunda asosiy dvigatelning tirsakli vali bosh elektr generator yakorini, tishli uzatma orqali esa gʻildirak juftlarini aylantiradi. Teplovozning magistral (yuk va yoʻlovchilar uchun moʻljallangan) va manyovrchi (vagonlarni saralash va poyezdlar tuzish uchun moʻljallangan) xillari bor. Magistral Teplovozlar dvigatelining quvvati 6000 kVt gacha, tezligi 160 km/soat ga yetadi, manyovr Teplovozlarining quvvati 300—1000 kVt

12 Birinchi yer osti temir yo'llari haqida ma'lumot bering
Insoniyat tomonidan temir yo‘l qurila boshlanishi taraqqiyotni ancha tezlashtirib yuborgan bo‘lsa, yerosti temir yo‘li – metro qurilishi shahar transportida haqiqiy inqilob bo‘lgan. Shaharsozlik aynan metrolar qurila boshlangandan so‘ng yanada rivojlangan.
Yirik shaharlarda eng muhim ish jamoat transportining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi hisoblanadi. Dunyoning yirik shaharlarida bu muammoni hal qilish uchun eng yaxshi yechim sifatida yerosti va yerusti metrolari qurilgan. Ammo metrolarni qurish hazilakam ish emas: katta mablag‘dan tashqari uzoq vaqt ham talab qilinadi. O‘z vaqtida dunyodagi ilk yerosti temir yo‘li – London metrosini qurish ham oson bo‘lmagan XIX asr o‘rtalariga kelib Yevropa va Amerikaning turli shaharlarida aholi soni ko‘payib, ko‘chalarida harakatlanish qiyinlasha boshladi. O‘sha paytlarda hali avtomobil kashf etilmagan, shaharlarning tor ko‘chalariga temir yo‘llarni olib kirishning mutlaqo iloji yo‘q edi.
Londonda ilk yerosti temir yo‘llarini qurish rejasi 1850 yilda paydo bo‘lgan. O‘sha paytda Buyuk Britaniya poytaxtida temir yo‘l tarmoqlari ko‘p edi. Shahar aholisiga oltita temir yo‘l vokzali xizmat ko‘rsatgan. Bular – London-bridj, Yuston, Paddington, Kings-Kross, Bishopsgeyt va Vaterloo.
1855 yilda Parlament akti bilan Metropoliten Railway nomli yerosti temir yo‘li qurilishiga ruxsat beriladi. Bu yerosti temir yo‘li Paddington va Kings-Kross temir yo‘l vokzallarini Farringdon bekati bilan o‘zaro bog‘lashi lozim edi. Ushbu qurilishni moliyalashtirishni Great Western Railway temir yo‘l kompaniyasi zimmasiga oladi.
Qurilish ishlari mablag‘ yetishmovchiligi tufayli rejadagidan biroz kechikib 1860 yil fevralda boshlanadi. O‘shanda yerosti temir yo‘li qurilishi bekor qilinishi ham mumkin edi. Ammo bu ishni amalga oshirish tarafdori bo‘lganlar shahar hokimligidan mablag‘ ajratishni va qurilishni qo‘llab-quvvatlashni so‘rashadi. Bunda mahalliy advokat Charlz Pirsonning hissasi katta bo‘ladi. Shu sababli bu insonni London metrosining otasi deb ham atashadi.
Pirson shahar transport korporatsiyasini qurilishga mablag‘ ajratishga ko‘ndiradi. Shu tariqa ishlar boshlanadi. Qurilishning bosh muhandisi etib Jon Fouler tayinlanadi. Pirson esa ilk metro liniyasi ochilishidan bir necha oy avval vafot etadi.
London metrosida tonnellar xandaq usulida qazilgan. Avval bo‘yi 10 metrli chuqur qazilgan. Chuqurga temir yo‘l yotqizilib, usti arkasimon g‘ishtli gumbaz qilib yopilgan. So‘ng gumbazlarning tepasi tuproq bilan to‘ldirilgan.Nihoyat 1863 yil 10 yanvar kuni Metropoliten Railway’ning ilk yo‘nalishi Metropoliten Line ochiladi. Liniyaning uzunligi 6 kilometr, bekatlar soni esa yettita edi: «Bishops Roud» (avvalgi «Paddington»), «Edjver-roud», «Beyker-strit», «Portlend-roud» (avvalgi «Greyt-Portlend-strit»), «Gauer-strit» (avvalgi «Yuston-skver»), «Kings-Kross» (avvalgi «Kings-Kross Sent-Pankrass») va «Farringdon-strit» (Farringdon).
Metroda havo so‘rish uskunalari o‘rnatilmagani uchun vagonlarni tortib yuradigan teplovoz hamma yoqni tutunga to‘ldirib yuboradi. Shunday bo‘lsa-da yer osti temir yo‘li qisqa muddatda londonliklar uchun ommabop transport turiga aylanadi.
Metro ilk ochilgan paytda kuniga o‘rtacha 26 000 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Bir yil davomida esa 9,5 million nafar yo‘lovchi tashigan. 1864 yilda bu ko‘rsatkich 12 million nafarni tashkil etgan.
Metropoliten qurilishi bilan shug‘ullanayotgan kompaniya London aholisining metrodan faol foydalanayotganini ko‘rib 1863 yilda yangi liniya qurilishini boshlab yuboradi. 1864 yil 30 iyunda ikkinchi liniya ham ishga tushirildi va bekatlar soni 13taga yetadi



Download 83.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling