1. Temir yo'llar tarixi haqida ma'lumot bering. Temir yoʻl transporti


Download 83.54 Kb.
bet9/12
Sana21.06.2023
Hajmi83.54 Kb.
#1640230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
transport yakuniy

18 O'zbekiston aeroporti tarixi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti - Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi[2]
Tarixi
Bu xalqaro nomga ega boʻlgan aeroportning tarixi XX asrning boshlariga borib taqaladi, 1924-yil birinchi marta havo kemasi bu aeroportdan uchirilgan, oʻsha paytda Toshkent — Pishpek — Alma-ata yoʻnalishi boʻylab yoʻloʻvchilar oʻz manzillariga olib borilgan. Keyinchalik shu yilning oʻzida havo kemalari tomonidan 1000 ga yaqin yoʻlovchilar tashilgan va 200 kilogramm pochta va yana besh tonnaga yaqin yuk tashilgan. Oʻsha vaqtdan beri kompaniya tomonidan juda koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirilgan, yangi havo kemalari va boshqa asbob uskunalar sotib olingan[3]. 2017-yil 25-yanvar kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi berildi[4]


19 Suvda - tashishda xizmat ko'rsatish jarayoni va turlari

20 Dengiz transportida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari
Dengiz transportida yo‘lovchi va yuk tashish xalqaro va milliy qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro tashuvlarga nisbatan shartnomalar va konvensiyalar amal qiladi. 1974 yilda Afinada qabul qilingan «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi Konvensiya» shunday hujjatlardan biridir. Konvensiya qoidalari barcha kemalarga nisbatan (havo yostig‘i ustidagi kemalardan tashqari) amal qiladi va har qanday xalqaro tashuvga nisbatan qo‘llaniladi, basharti kema Konvensiyaga a’zo davlat bayrog‘i ostida suzsa yoki shunday davlatda ro‘yxatga olingan bo‘lsa. Afina Konvensiyasida yo‘lovchining o‘limi yoki uning badaniga shikast etkazilishi natijasida, shuningdek bagajning yo‘qotilishi yoki shikastlanishi natijasida unga etkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligi nazarda tutilgan. Mazkur hujjatga muvofiq tashuvchining mulkiy javobgarligi yo‘lovchining sog‘lig‘iga shikast etkazganlik uchun 700000 SHveysariya frankini; qo‘l yukini yo‘qotganlik yoki unga shikast etkazganlik uchun – 12500 SHveysariya frankini; transport vositasi uchun – 50000 SHveysariya frankini; bagajning boshqa predmetlari uchun – 18000 SHveysariya frankini tashkil etadi. 1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida, shu jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan bog‘liq xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‘riqlash to‘g‘risidagi xalqaro
Konvensiya» (1974); «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashishning ba’zi bir qoidalarini bir xillashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‘lovchi tashishning ba’zi bir qoidalarini bir xillashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya» (1972) va b Agar dengizda yo‘lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo‘lsa, dengizda yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‘rsatish sohasiga, chunonchi: ovqatlanish, ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar tuziladi


Download 83.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling