1. Temirbeton elementlarida kuchlanish va deformasiyalanish holati
Download 303.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Pages from temir1-Copy
1. Temirbeton elementlarida kuchlanish va deformasiyalanish holati Betonda kuchlanish bilan deformasiya orasidagi bog'lanish chiziqli emas. Beton tarkibiga arm atura qo'shilgan taqdirda ham bu bogManish chiziqsizligicha qolaveradi. Shu sababdan elastik materiallar qarshiligi nazariyasi temirbeton uchun yaroqsizdir. Ayni bir paytda beton va tem irbetonning tob tashlash (polzuchest), kirishish (usadka), issiqlikga bo 'lgan ta'siri ham da, cho'zilish zonasida hosil bo'ladigan yoriqlar tem irbeton konstruksiyalarining kuchlanish-deformasiyalanish holatiga kuchli darajada ta'sir etadi. Bulardan tashqari, ana shu xossalar beton va armaturaning turiga, yukning ta'sir etish muddatiga bog'liq ekanligi e’tiborga olinsa, tem irbeton qarshiligining m ukam m al nazariyasini yaratish naqadar murakkab masala ekanligi yanada oydinlashadi. T em irbeton elem en tlarning yuk k o 'tarish qobiliyati b o 'y ic h a hisoblash nazariyasi o'zining rivojlanish va takom illashish jarayonida uch asosiy davrni bosib o'tdi. Birinchi — dastlabki davrda tem irbeton elem entlarni hisoblashda elastik temirbeton (ruxsat etilgan kuchla nishlar bo'yicha hisoblash) nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya m ateriallar qarshiligi fanidagi formulalarga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilm iy ishlaridan olingan (1931 y.) muhim xulosalardan boshlanadi. Bu xulosalar asosida buzilish bosqichi bo'yicha hisoblash usuli yarati- ladi. M azkur usul bo'yicha ishlab chiqilgan tem irbeton konstruksiya- larni hisoblash norm alari va texnik shartlari 1938 yildan 1955 yilga qadar qo'llanishda bo'lgan. Rivojlanishning uchinchi davrida (1955 y.) yangi usul — chegaraviy holatlar bo'yicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham qo'llanishda bo'lib, davr talabi bo'yicha yil sayin takomillashib bormoqda. Download 303.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling