1. Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari


Download 45.37 Kb.
bet3/8
Sana02.06.2024
Hajmi45.37 Kb.
#1838439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari

Kepaklanish— terining muguz qavati hujayralarining rivojlanishi natijasida po'st tashlab ajralib ketishi,fiziologik hodisadir.Ba'zi bir kasalliklarda me'yordan ortiq kepaklanish yoki qipiqlanish holati uchraydi.Kepaklar turli rang va o'lchamlarda bo'lib ,shu belgilariga asosan unsimon,kepaksimon,plastinkasimon kepaklanishlar tafovut etilaladi va ularning yirik plastinkasimon ko'chishi eksfoliativ kepaklanish deb ataladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari" T:."Yangi asr avlodi" 2009 39 b
Yara—terining chuqur defekti bo'lib ,uning tubi derma yoki gipodermada joylashadi.Shuning uchun yara doimo chandiq hosil qilib bitadi.Yaralar asosan do'mboqcha ,tugun yoki chuqur yiringchadan keyin yuzaga keladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari" T:." Yangi asr avlodi"2009 40b
Inson aqliy va fiziologik faoliyatining mevasi—nutq orqali muloqot namoyon bo'ladi.Zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh omil sifatida so'zning ahamiyati yanada ortdi.Turli davrlarda nutqadaniyatiga katta e'tibor bilan qaralgan. Nutq madaniyatiga bemor bilan muloqot san'atiga bekam-u ko'st amal qilish oson emas.Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni , o'ta nozik darajadagi sezgirlikni , mahoratni ,bilimni, ba'zan esa aktyorlikni talab etadi. Qadimgi hind tabibi Sushruta:"So'z muloyim, yoqimli,ruhga taskin bera oladigan bo'lmog'i lozim" deb yozgan edi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham dolzarbdir.
Kundalik hayotda bir necha xil teri kasalliklariga duch kelamiz, yoki ko'pchilikning ta'bini husnbuzarlar ,dog'lar , yaralar xira qiladi. Lekin hamma ham bularni bartaraf qilish, davolash profilaktikasini bilmaydi.Bu esa ularning jiddiy tus olishiga olib keladi.Shunday ekan, buning oldini olish maqsadida bir necha teri- tanosil kasalliklari sabablari va lingvistik xususiyatliarini ko'rib o'tsak.
Dermatitlar—terining yallig'lanishi.Dermatitlar oddiy kontakt dermatit,allergik dermatit, toksikodermiya kabi xillarga ajratiladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari"T:."Yangi asr avlodi"2009 50-b
Teri-tanosil kasalliklarini ifodalovchi ushbu tibbiy termin ot so'zshaklida ifodalangan.

Download 45.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling