1. Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari


Download 45.37 Kb.
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi45.37 Kb.
#1838439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari

Allergik dermatitlar—faqat qandaydir shartli omillardan biriga(o'simlik , dori-darmon, parfyumer mahsulotlar va boshqalar) terining giperergik sezuvchanligi bor insonlarda kuzatiladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari"T:."Yangi asr avlodi"2009 62-b.
[ I~O]=SB ; belgi-predmet munosabatli,bitishuvli, otli so'z birikmasi hokim a'zo sifat so'z shakli ,hokim a'zosi esa ot so'z shakli bilan ifodalangan.
Moxov—( arabcha -yo'q qilish yoki chetlashish)lepra, prokaza—butun organizmni ,teri ,nerv sistemasi hamda ichki a'zolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Uni kislotaga chidamli moxov mikrobakteriyasi qo'zg'atadi.
"Ozbekiston milliy ensiklopediyasi" M harfi.
Ushbu atama ot so'z shakli bilan ifodalangan.
Eshakemi utrikariya— teriga, ba'zan shilliq qavatlarga toshmalar toshishi bilan ke hadigan kasallik.Organizmining allergik reaksiyasi, ayrim ovqatlar(tuxum ,shokolad, mandarin qulupnay) va dorilar(antibiotik, preparatlar) ga nisbatan sezuvchanlikning ortishi, hasharotlar chaqishi, gul hidlash, o'simlik tegib ketishi natijasida vujudga keladi.
"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" E harfi.
Ushbu leksema ot so'z shakli bilan ifodalangan.

Teri -tanosil kasallik atamalarining nutq uslublaridagi ko'rinishlari.
Tibbiyot ko'p tarmoqli soha bo'lganligi bilan bir qatorda ularning tilda ifodalanishi ham turlicha va rang -barang .Buning isboti sifatida esa birgina atamaning turli nutq uslublarda turlicha nom sifatida ishlatilishini keltirish mumkin.Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan atama publitsistik matnlarda boshqacha yoki bo'lmasa badiiy matnda ijodkorkorning uslubidan kelib chiqqan holda yana bir yangi qiyofada aks etishi mumkin.Buni esa bir necha badiiy va publitsistik matnlar orqali ko'rib o'tsak:
Iqbol Mirzoning "Bonu "romanidan keltirilgan misollar:
Shoira opamning uyiga kelib xonamga kira solib darhol ko'zguga yopishdim.Ha, qoshlarimning tagi shamol yalaganday quruqshagan, lablarim yorilib ,po'st boylaganday...
Xalq orasida "oq dog'lar kasalligi" nomi bilan ataluvchi vitiligo kasalligining boshlanishi Iqbol Mirzoning asarida shamol yalaganday quruqshagan iborasi bilan ifodalangan.

Download 45.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling