1. Terminlarga xos xususiyatlarni sanang. Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi?
Download 268.96 Kb. Pdf ko'rish
|
O`zbek tilining sohada qo`llanilishi
o’zish, o’yin, tepish, tepki, to’p, to’r chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj,
shoxmot /shaxmat,shox/ shax, farzin, rux, fil, ot /asp, piyoda/ sipoh, mot, pot /pat, dona, oq qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko’plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli. Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog’liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o’tib O’zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o’rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o’zgarishlar O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda ham sanoatning o’sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo’lganligidan ko’z yumib bo’lmaydi. Atamalarning o’zbek tilida son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Chunki o’zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko’rsatishga ko’maklashadi, sohalarga bo’lib o’rganishni osonlashtiradi. Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi: 1. Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar. 2. Hususiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar. Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. Hususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin. O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birirta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov. E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz: 1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo. 2. Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi. 3. Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, Download 268.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling