1. Terminlarga xos xususiyatlarni sanang. Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi?


Download 268.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi268.96 Kb.
#1301875
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbek tilining sohada qo`llanilishi



Savollar. 
1. Terminlarga xos xususiyatlarni sanang. 
2. Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi?
3. Sohaviy atamalarga misollar keltiring.
4. Ilmiy-ommabop matnga namuna yozib tahlil qiling. 
Javoblar. 
1.Terminlarga xos xususiyatlarni sanang. 
Terminologiya (
termin
 va … logiya) — 1) 1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, 
ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi 
bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. 
Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika terminologiyasi, 
ijtimoiysiyosiy terminologiya, mashinasozlik terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq 
tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi 
uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u 
bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. 
Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya 
vujudga keladi. 
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz 
yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun 
holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologiyasining boyishi, asosan, 
boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha 
terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va 
muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda 
sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, terminologiyada bular salbiy 
hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — 
chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va 
axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiya si maʼlum darajada 
barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum 
terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid 
maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega. 
Oʻzbek tili terminologiya si maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek tili 
terminologiyasi sohasidagi ishlarni oʻtgan asrning 50-yillarida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta 
Prezidiumi huzuridagi Til va terminologiya komiteta boshkargan (1931—1937-yillarda faoliyat 
koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti krshidagi 
terminologiya boʻlimi (1964-yildan) olib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi 1988-yildan 2004-yilgacha oʻzbek tili 
terminologiyasini tartibga solish va takomillashtirish bilan shugʻullanib keldi (2004-yil 
yanvardan mazkur koʻmita faoliyati toʻxtatildi). 
2. Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi? 
“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi. 
“O’zbek tili leksikologiyasi” asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga 
oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning 
hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha 
nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar. 


Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb 
atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan 
qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, 
termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani 
ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi”. 
Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-
predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani 
ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim. 
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so’zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda 
to’xtalamiz. 
O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam oshirilgan. 
Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, 
dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug’atlarning nashr etilishi fanimizning 
katta yutug’I hisoblanadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi 
o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar 
atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi. 
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga 
hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. 
Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. 
Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha 
yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi 
parchalarni olib ko’raylik: 
Chag’ri berib qushlatu, 
Toyg’an izib tishlatu, 
Tilki, to’ng’iz toshlatu 
Ardan bila o’klalim 
Mazmuni:(Yigitlarga) chag’ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, ov itini (qushlarning) izidan 
solib tishlataylik. Tulki, to’ng’iz(larni) tosh bilan uraylik, yutuqlarimiz bilan maqtanauylik. 
Yana: 
Yigitlarig ishlatu, 
Yig’ach yanish irg’atu. 
Qulan kiyik avlatu 
Bazram qilib aynalim. 


Mazmuni:Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(larni)qoqtiraylik, qulon kiyik ovlataylik, 
(so’ng) bayram qilib ovunaylik.Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar 
orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, 

Download 268.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling