1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi. Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari


Download 121.56 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi121.56 Kb.
#1501887
  1   2
Bog'liq
1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi. Xalqaro texnik j


Mavzu: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI «TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO’G’RISIDA»GI QONUNINING SHARHI

REJA:
1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi.
2. Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari.

1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi.
Respublikamizning iqtisodiyot infratuzilmasida halqaro jamiyatga integratsiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa — savdodagi mavjud bo’lgan texnik to’siqlarni bartaraf etilishidir. SHu bois, texnik jihatdan tartibga solish bo’yicha olib borilayotgan faoliyat o’ta muhim ahamiyatga ega. Aytib o’tish joizki, texnik talablarni oqilona qo’llanilishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni raqobatbardoshligiga ko’maklashishga olib keladi. O’zbekiston Respublikasini Umumjaxon savdo tashkiloti (UST-VTO)ga a’zo bo’lishi uchun amaldagi milliy qonunchilikni halqaro talablarga muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli kelishuvlarda belgilangan talablarni bajarish, ya’ni savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha qonunchilikni uyg’o’nlashtirilishi lozimdir.
Halqaro tajribada mahsulot, hizmatlar va ishlarga bo’lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli bo’lgan qonunlar, direktivalar va hukumat idoralari tomonidan berilgan farmoyishlar kiradi. Standartlar talablari esa majburiy emas. SHu sababli texnik reglamentlar amaldagi qonunchilikni bir qismi deb hisoblasa bo’ladi.
Davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarida texnik jihatdan tartibga solish bo’yicha halqaro talablar USTning savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvida belgilangan. Kelishuvga ko’ra USTga a’zo davlatlarda ikki darajali MHlar (texnik reglamentlar va standartlar)ni o’z ichiga oluvchi texnik jihatdan tartibga solish tizimlari faoliyat ko’rsatishi kerak:
«Texnik reglamentlar — ijrosi majburiy bo’lgan, mahsulotlar va ular bilan bog’liq jarayonlarning harakteristikalarini, ma’muriy talablarni o’z ichiga olgan xujjat. Unda mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlar, usullarga tegishli atamalar, shartli belgilar, o’rash, yorliqlash bo’yicha ma’lumotlar berilishi mumkin».
«Standart — ijrosi majburiy bo’lmagan, mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlar, usullarga tegishli qoidalar, ko’rsatmalar yoki harakteristikalarni umumiy va ko’p marotaba qo’llash uchun mo’ljallangan va tan olingan idora tomonidan qabul qilingan xujjatdir. Unda mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlar, usullarga tegishli atamalar, shartli belgilar, o’rash, yorliqlash bo’yicha ma’lumotlar berilishi mumkin».
USTning savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvida har bir davlatning texnik reglamentlar orqali majburiy texnik me’yorlarni va standartlar orqali ixtiyoriy talablarni o’rnatish xukuki ko’rsatilgan.
Texnik reglamentlar ilmiy asoslangan ma’lumotlarga muvofiq ishlab chiqilishi va qo’llanilishi, halqaro savdoda asossiz va keraksiz to’siqlarni xosil kilmasligi kerak. Texnik reglamentlar talablari mahalliy va import qilingan mahsulotlar uchun bir xil tartibda qo’llanilishi kerak.
Kelishuvga ko’ra USTga a’zo davlatlar o’z hududlarida manfaatdor tomonlar uchun kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi axborot markazlarini tashkil etishlari kerak. Bu markazlardan quyidagi ma’lumotlar olish imkoniyati bo’lishi kerak:

  • texnik reglamentlar va ixtiyoriy standartlar (amaldagi va ishlab chiqilayotgan);

  • muvofiqlikni baholash protseduralari (amaldagi va ishlab chiqilayotgan).

Amaldagi texnik reglamentlar va standartlarda import qilinayotgan mahsulotlar sifatini, inson xayoti va sog’liligini atrof-muhit, hayvonot va o’simlik xavfsizligini ta’minlash nazarda tutilishi kerak, ular asossiz tarzda savdoda texnik to’siqlarni xosil qilmasliklari kerak.
Evropa texnik jihatdan tartibga solish tizimi tuzilmasi kitobning 4-bo’limida berilgan.

Download 121.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling