1. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash. Tegirmonlar Filtrlovchi apparatlar
Download 0.83 Mb.
|
biologik faol qo\'shimchalar
Biologik faol qo'shimchalar Reja:
1. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash. 2. Tegirmonlar 3. Filtrlovchi apparatlar 4. Bug‘latkich apparatlari 5. Ekstraktorlar Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash. Zamonaviy fitokimyoviy preparatlar ishlab chiqarishda bir qator texnologik jarayonlar mavjuddir. Bu jarayonlar xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo va tayyor maxsulotni maydalash, suyuq ektraktdan maxsulotni ajratish, dorivor moddalarni tozalashdir. Odatda o‘simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi navbatda ko‘pincha maydalash jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng qulay fraksiyasi bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida bo‘lakchalarga yoki zarrachalarga bo‘linishiga maydalash jaryoni deb ataladi. Buning uchun xar xil tuzilishga ega bo‘lgan va ishlash usuli bilan bir-biridan farqlanadigan maydalagich-tegirmonlardan foydalaniladi. Maydalash darajasi (i) deb, maydalanadigan jismning boshlan\ich diametrini (db) maydalanganda xosil bo‘lgan zarracha diametriga (do) bo‘lgan nisbatiga aytiladi: dboshi I ----------- Doxiri Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi, qayishqoqligi) va tegirmonlarga bo\liq bo‘ladi. SHuning uchun maydalagich tegirmonlari maydalanayotgan jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi. Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni olish maqsadga muvoffiqdir: jo‘vali, tishli-jo‘vali, diskli, bol\ali. +attiq va mo‘rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan tegirmonlar va qarama-qarshi oqimda ishlaydigan xamda zarb va ishqalanishga asoslangan tegirmonlar (zo‘ldirli, tebranma xarakatli tegirmonlar) qo‘llanilishi mumkin. O‘simlik xom ashyolari qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroriy maydalanishi mumkin. O‘simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‘t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi. O‘t qirqgich- o‘simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‘t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi. O‘t qirqgich oddiy tuzilgan bo‘lib, diskli va do‘mbirali bo‘ladi. Do‘mbirali o‘t qirqgichda egri chiziqli picho\i, salmoqli \ildirak (maxovik) kegay (spitsa) ga mustaxkamlangan bo‘ladi. O‘simlik xom ashyosi pichoq ostiga tasma yordamida yuboriladi. Bunda tasma yoki pichoqning xarakat tezligiga qarab maydalanish katta-kichikligi ta’minlanadi(2-rasm). Ildiz qirqgichning ikkita pichoqi bor, yuqoridagisi ekssentrikka maxkamlangan bo‘lib, yuqoriga va pastga xarakat qiladi, pastkisi qimirlamay turadi. Maydalanadigan xom ashyo pichoqlar orasiga xarakatlanadigan tarnovcha orqali yuboriladi. Maxsulotning maydalik darajasi pichoq orali\ining katta kichikligi bilan boshqariladi. Agar o‘simlik quruq bo‘lib, kesish qiyin bo‘lsa, oldindan uni namlangan matoga o‘rab qo‘yiladi. Silliq va tishli yuza jo‘vali tegirmonlar. Bu maydalagichlarni ish unumi yuzasining tuzilishiga bo\liq. Tish yuza jo‘vali tegirmon silliq yuzasiga nisbatan ancha katta bo‘laklarni xam maydalash imkoniyatiga ega. Bolg‘achali tegirmon-ichki devori zirxlangan qalin metalldan tayyorlangan tana, markaziy o‘qga o‘rnatilgan diskdan iborat bo‘lib, uning markazidan devorga qarab, bir nechta bol\acha o‘z o‘qi atrofida qimirlamaydigan qilib o‘rnatilgan bo‘ladi. Tananing tubiga echiladigan elak o‘rnatilgan bo‘lib, maydalangan modda elakdan uzluksiz o‘tib ketaveradi. Bu esa maydalash jarayonini tezlatadi. Tebranma xarakatli tegirmon. Maydalanish darajasini oshirish va jarayonni jadallashtirish maqsadida tebranma xarakat qiluvchi tegirmondan foydalaniladi. Bu tegirmon nomuvozanat o‘qga o‘rnatilgan va ichida zo‘ldirlari bo‘lgan do‘mbiradan tashkil topgan. Uning tebranma tezligi daqiqasiga 1500 dan 3000 gacha bo‘ladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling