1. Tijorat banklarining operatsiyalari


Markaziy bankning pul-kredit siyosati


Download 19.06 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2023
Hajmi19.06 Kb.
#1399631
1   2
Bog'liq
20 Variant Yo\'ldoshev Bobur

2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati.
Pul-kredit (monetar) siyosati — davlatning pul massasi (mamlakatdagi barcha naqd va naqd pulsiz mablag‘lar) va foiz stavkalarini boshqarish siyosati. Bu davlatning moliya va valyuta bozoridagi inflyatsiya sur’atlari, milliy valyuta kursi, bandlik darajasi hamda iqtisodiy o‘sish barqarorligini nazorat qilishga qaratilgan harakatlaridir.
Kelgusi yillarda pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish masalasi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan quyidagi chora-tadbirlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Birinchidan, iste’mol bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish. Ushbu yo‘nalishda quyidagilar talab qilinadi:
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan qaror va farmonlar hamda mexanizmlarni xalqaro konsalting kompaniyalar bilan birgalikda inventarizatsiyadan o‘tkazish va bozor mexanizmlariga hamda raqobat muhitiga zid bo‘lgan normalarni bekor qilish;
iste’mol tovarlari importida tarif va notarif cheklovlarni kamaytirish, sohani yetarli darajada liberallashtirish, iste’mol va investitsion tovarlar tashqi savdosida monopol holatlarga chek qo‘yish,importyorlar sonini oshirish, import geografiyasini kengaytirish va muqobil yangi marshrutlarni ishlab chiqish;
temir yo‘l va havo transporti xizmatlari sohalariga xususiy korxonalarni jalb etish, mazkur xizmatlar bozorida erkin raqobat sharoitlarini yaratish orqali tashish va transport xarajatlarining mahsulotlar tannarxiga ta’sirini pasaytirish;
monopol xarakterga ega korxonalar tovar va xizmatlari narxlarini shakllantirish mexanizmlarining shaffofligini ta’minlash;
xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ishlarini tezlashtirish va mintaqaviy transport koridorlarining muhim bo‘lagiga aylanish bo‘yicha choralar ko‘rish.
Ikkinchidan, MB ekspertlarining fikricha, mamlakatda xufyona iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni belgilash, 2023−2024 yillarda alohida korxona yoki tarmoqlarga berilgan imtiyozlarni to‘liq tanqidiy xatlovdan o‘tkazish va bekor qilish orqali barcha bozor ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlarni hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish kerak.
Bundan tashqari, import tovarlarining ichki bozordagi ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz hisob-kitob shaklida amalga oshirilishini to‘liq ta’minlash va buni nazorat qilish uchun import mahsulotlari harakati bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim.
Regulyator soliqdan qochish holatlarida jazoning muqarrarligini ta’minlash, rasmiy iqtisodiyotda ishlashni yashirin iqtisodiyotda faoliyat yuritishdan ko‘ra manfaatli qilish, bu boradagi to‘siqlarni bartaraf etish, barcha axborot vositalari orqali tushuntirish ishlari ko‘lamini kengaytirishni taklif qilmoqda.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi doirasida shubhali mijozlar va operatsiyalarni oldindan aniqlash indikatorlarini joriy etish va monitoringini kuchaytirish asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Uchinchi yo‘nalish bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarining jadallashtirilishi hisoblanadi:
2023 yilda davlat ulushi yuqori bo‘lgan yirik banklarni xususiylashtirish jarayonini mantiqiy yakuniga yetkazish, xususan davlat ulushi mavjud banklar (Qishloq qurilish bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bankni) aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankdagi transformatsiya jarayonlarining faol fazasiga o‘tish;
2023 yildan boshlab iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi imtiyozli kreditlash (foizlari bozor foiz stavkalaridan past bo‘lgan kreditlar) va direktiv kreditlash (mahalliy hokimlik organlari va davlat idoralari tomonidan kreditlarni belgilab berish) usullaridan bosqichma-bosqich voz kechish choralarini ko‘rish;
bank tizimida ajratilayotgan kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va aynan ushbu omil ta’sirida tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori darajada qolmoqda.
Bank xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish va barcha ishtirokchilarga teng sharoitlarni ta’minlash yuzasidan boshlangan ishlarni xalqaro tajriba asosida takomillashtirib borish borasida tegishli amaliy ishlarni bajarish muhim o‘rin tutadi.
MB fikricha, davlat ulushiga ega banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirishni muvaffaqiyatli yakunlash kelgusi yillarda davlat budjetidan banklar kapitaliga pul kiritish zaruratini keskin kamaytiradi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bank tizimining bozor munosabatlari asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi, banklar kapitalini xorijiy investitsiyalar va xususiy investorlar mablag‘lari hisobidan oshirib borish va shu orqali iqtisodiyotda pul oqimlarining samarali taqsimlanishi natijasida istiqbolli loyihalarni kreditlash ko‘lamining kengayishiga sharoit yaratiladi.

3. Masala. A tijorat bankidan mijoz 36 oy muddatga, yillik 29% stavkada, 50 000 000 so‘m miqdorida mikroqarz olgan edi. Mijoz 24 oyda, muddatidan oldin olgan kreditini so‘ndirdi. Mijoz tijorat bankiga qancha miqdorda to‘lovni amalga oshirgan.


- Asosiy qarz bo'yicha oylik to'lov = kredit miqdori / kredit muddati davomida to'lov muddatlari soni.
50 000 000 / 24 oy =2 083 333,33.
- Kredit bo'yicha hisoblangan foizlarning oylik miqdori = joriy davrdagi asosiy qarz qoldig'i * yillik foiz stavkasi * to'lov davridagi kunlar soni (28 dan 31 gacha) / yiliga kunlar soni (365 yoki 366).
1-oy \ 50 000 000*29%*31/365 =1 231 506,85.
- Oylik kredit to'lovi = asosiy qarz bo'yicha oylik to'lov + kredit bo'yicha hisoblangan foizlarning oylik miqdori.
1-oy 1 231 506,85+ 2 083 333,33=3 314 840,18.
3 314 840.18*24=79 556 164.4 so’m
Mijoz tijorat bankiga 79 556 164.4 so’m miqdorda to‘lovni amalga oshirgan.
Download 19.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling