1 Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand


Download 366.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2023
Hajmi366.49 Kb.
#1734108
Bog'liq
so\'z



1) Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand 
zohir bo’lsa boshning ofatidir.
(Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”). 
2) Bilib so’zlasa, so’z bilig sanalur, Ugush so’zlama so’z biror so’zla oz. 
Tuman so’z tugunini bu bir so’zla yoz.
(Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilig”). 
3) Uquv so’zla so’zni eva so’zlama. So’zing qizla, kedin boshing kizlama. 
(Ahmad Yugnakiy.) 
4) Agar so`z senikimi yoki sen so`znikimi, deb so`rasalar, aytgil: men 
so`zniki va so`z menikidir, chunki so`z insonlik daraxtining mevasidir, 
daraxtni mevadan va mevani daraxtdan ajratib bo`lmaydi.
(Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvatnomayi sultoniy”). 
5) Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o`qumaysen, ne 
uchunkim, agar o`qur xayol qilsang edi, o`quyolmas eding. 
O`quyolmagandan so`ng albatta tag’yir bo`lur eding. Xatingni xud 
tashvish bila o`qusa bo`ladur, vale asru mug’laqdur. Nasri muammoni 
hech kishi ko`rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas
iltifotni to bila bitibsen. Qulunjni yo bilan bitibsen. Xatingni har tavr qilib 
o`qusa bo`ladur, vale bu mug’laq alfozingdin maqsad tamom lafhum 
bo`lmaydur. G’olibo xat bitirda kohilliging ham ushbu jihattindur. 
Takalluf qilmay deysan, ul jihatdin mug’laq bo`ladur. Bundin nari 
betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham senga tashvish ozroq 
bo`lur va ham o`qig’uvchig’a. 
Birovga yozgan maktubni bir necha bor o`qish, uning ravonligiga, 
so`zlarning ko`zda tutilgan ma`nosi to`g’ri aks ettirayotganligiga ishonch 
hosil qiling.
(Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” Humoyunga xat).
6) So’zdurki, nishon berur o’likka jondin 
So’zdurki berur habar, jonga jonondin 
Insonni so’z ayladi judo hayvondin 
Bilki go’hari sharifroq yo’q andin 
(Alisher Navoiy “Nazmul Javoxir”). 


7) So’z durining ayirmasi bundan ham cheksiz va darajasi bundan ham 
nihoyatsizdir. Shundayki, yaxshi so’zdan o’lgan badanga toza ruh yetadi, 
unga jon baxsh etadi, yomon so’zdan tirik tanga o’ldiruvchi zahar xosiyati 
paydo bo’ladi, kishini halok etishga olib olib keladi. 
(Alisher Navoiy “Muhokammat ul-lug’atayn”). 
8) Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo’lsang ham, o’zingni 
bilganlardan pastroq tutgil, toki, so’z bilimdonligi vaqtida bekor bo’lib 
qolmagaysan. Ko’p bil-u, oz so’zla, kam bilsang ko’p so’zlama, chunki 
aqlsiz kishi, ko’p so’zlar deganlarki, jim o’tirish salomatlik sababidir
ko’p so’zlovchi aqlli odam bo’lsa ham xalq uni aqlsiz deydi. 
(Kaykovus “Qobusnoma”). 
9) Menda bor bo’lgan barcha narsani olib qo’ying, menga so’zlash 
qobiliyatini qoldirsangiz bas, shunda men tez orada barcha 
yo’qotganlarimni qayta qo’lga kiritaman. 
(Amerikalik siyosatchi D.D.Webster). 
10) Yaxshi so’zlashga o’rgan, muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat 
qilma, negaki, qanday so’zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So’zni 
o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar u yaxshi so’z bo’lsa xam, 
yomon ko’rinadi.
(Kaykovus “Qobusnoma”). 


Sharq 
mutafakkirlarining 
so’z ta’siri va nutq 
haqidagi fikrlari. 

Download 366.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling