1. Til, nutq Matn va uning turlari
Fikrni yozma bayon etish. Bayon
Download 22.98 Kb.
|
15-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siqiq xulosa (rezyume)
- Otziv (fikr).
- Sharh (obzor)
Fikrni yozma bayon etish. Bayon. Bayon berilgan matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta yozishdir. Bayonda berilgan matn asosida yangi matn yaratiladi. Bunda yozuvchi berilgan matndagi muhim so‘zlarni, so‘z birikmasi, gaplarni o‘z matniga kiritadi.
Saylanma bayon. Berilgan matndan ma’lum mavzuga mos saylab foydalanib yozilgan bayon saylanma bayon deyiladi. Bunday bayonda matn mazmuni to‘liq bayon etib borilmaydi, uning kerakli joylari haqida gapiriladi, xolos. Saylangma bayon uchun hajm jihatidan kattaroq matn to‘planadi. Matn o‘qish jarayonida bayon uchun kerakli materiallar tanlanib, belgilanib boriladi. So‘ng ulardan tartib bilan foydalaniladi. Konspekt. Konspekt bayonning ko‘rinishlaridan biridir. Konspekt uch xil bo‘ladi: to‘liq konspekt, qisqa konspekt, tezimli konspekt. Biror asarni konspektlashtirilganda quyidagicha ish ko‘riladi: avval asar sinchiklab o‘qib chiqiladi, mazmun anglab olinadi va ko‘chirma qilish mo‘ljallangan parchalarga belgilar qo‘yib chiqiladi (tagi chiziladi yoki boshqa biror belgi qo‘yiladi). Konspektlash boshlanganda: a) muallifning ismi sharifi (familiyasi, ismi. otasining ismi, taxallusi); b) asarning nomi, bosilgan shahri, yili; v) Asarning mazmuni - konspekt beriladi; g) manbadan olingan parchalarning beti ko‘rsatiladi. Lozim topilganda muallifning ayrim fikrlariga munosabat bildiriladi. Siqiq xulosa (rezyume). Siqiq xulosa ma’ruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir. Muallif rezyumida kuzatish va mushohadalaridan yuzaga kelgan to‘xtamlarning eng zarurlarini ko‘rsatadi. Annotatsiya. Annotatsiya badiiy, ilmiy metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir. Annotatsiya o‘zining kamso‘zligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan bayonning boshqa turlaridan ajralib turadi. Otziv (fikr). Saylanma bayonning yana bir turi otzivdir. U badiiy, ilmiy metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir. Otziv, odatda, asarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan, unga, "Oq yo‘l" tilagan tarzda yoziladi. Bu jihatdan taqriz (retsenziya)dan farq qiladi. Retsenziyada asar tanqidiy tahlil etiladi, shu nuqtai nazardan baholanadi. Asarning yutuqlari ham, nuqsonlari ham ko‘rsatiladi. Taqrizchi o‘zining da’volarini turli dalillar asosida isbotlay boradi, asarga ilmiy izohlar beradi. Otziv ko‘pincha asarlarni himoyaga, nashrga tavsiya etish, asar muallifini quvvatlash maqsadida yoziladi. Shuning uchun unda asarning kamchiliklari ustida deyarli so‘zlanmaydi. Manbadan olingan parchalar ham uning ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Referat. Biror ilmiy, metodik, pedagogik mavzudagi asarning qisqacha mazmuni haqidagi bayon (yozma ma’ruza) referat hisoblanadi. Referat muallifning o‘z asari haqida bo‘lsa, avtoreferat deyiladi. Avtoreferatda asarning qisqacha mazmuni, yangiliklari, metodik usullari, ilmiy qurilishi, foydalanilgan adabiyotlari ustida fikr yuritiladi. Amalda ilmiy va obzor referatlari ko‘proq uchraydi. Sharh (obzor) referati ilmiy va boshqa asarlarga sharh berish, ya’ni uning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berishni ko‘zda tutadi. Download 22.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling