1. Til, nutq Matn va uning turlari


Fikrni og‘zaki bayon etish. Suhbat


Download 22.98 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi22.98 Kb.
#1579700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-amaliy mashg\'ulot

Fikrni og‘zaki bayon etish. Suhbat. Ma’lum bir mavzu zasidan dialog (yoki polilog) tarzida ikki yoki bir necha kishi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nutqiy muloqot suhbat deyiladi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘tkazadigan suhbatlari, asosan, ta’lim tarbiya mavzularida bo‘ladi. Suhbatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, suhbatdoshlar o‘zlariga noaniq narsalar yuzasidan bir-birlariga savol beradilar, berilgan savollariga javob qaytaradilar. Bu xususiyati bilan suhbat ma’ruzadan farq qiladi. Ma’ruza, asosan, monologik nutqdir. Suhbat dialogik nutq hisoblanadi. Ma’ruza ma’lum mavzu yuzasidan notiqg‘ning mulohazalari bayonidan iborat bo‘ladi. Ma’ruza tugaguncha notiqqa hech kim savol bermaganidek, u ham tinglovchilarga biror masala yuzasidan savol tashlamaydi. Ma’ruza orasida tinglovchilar notiq fiklarini to‘ldirmaydilar. Suhbat birdan ortiq kishilarning erkin so‘zlashuvlaridan hosil bo‘ladi.
Muhokama - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini to‘plashni, ma’lum to‘xtamlarga kelishni anglatadi. Muhokamaning bahs predmetining hamma tomonlariga nazar tashlanadi, har bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga tashlaydi.
Munozara - biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini anglatadi. Bahs jarayonida har bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga intiladi.
Munozaraga qatnashuvchi oldiga quyidagi uch talab qo‘yiladi:
1. Munozara bo‘ladigan mavzuni to‘g‘ri tushunish.
2. O‘z fikrlarini quvvatlaydigan ash’yoviy va mantiqiy dalillar topa bilish hamda ularni til orqali to‘g‘ri ifodalay olish.
3. Keltirilgan dalillardan mantiqiy xulosalar chiqara bilish.
Bu talablarga javlb bermaydigan nutq tinglovchilarga ta’sir etmaganidek, notiqning munozarada yutib chiqishiga imkon ham yaratmaydi.
Notiqona so‘zlash. Aytiladigan fikrning tinglovchiga etib borishi va uning xulqiga ta’sir etishi notiqning so‘zlash mahoratiga bog‘liqdir.
Notiqona nutqning maqsadi va xususiyatlariga ko‘ra tashviqiy, tanqidiy, tabrik nutqlariga ajratish mumkin.
Tashviqiy nutq deb muallif ko‘zda tutgan biron voqea-hodisani bajarishga tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi. Notiq mavzuni dalillar asosida tinglovchilarga ifodalab beradi, ularni ishontirishga intiladi. Tashviqiy nutqda xalq hayotidan, tarixidan, odat, udumlaridan olingan tanish dalillarga va boshqa misollarga murojaat etish, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi barcha vositalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Tanqidiy nutq. YUz bergan hodisalar, shaxslar hatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda bo‘luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. Tanqidiy nutq ham kuchli mantiqiy mushohadalarga suyanadi. Notiq ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tanqid qiladi.
Tanqidiy nutq madaniyati notiqdan o‘ta hayajonlanib ketmaslikni, haqiqatdan chetlashmaslikni taqoza etadi. Bunday nutqqa tanqid manbai bo‘lgan narsa, shaxs va hodisalarga mensimasdan qarash, kishining shaxsiga tegib ketadigan jumlalar ishlatish, dalilsiz balanparvoz gaplar aytish nutq madaniyatini, umumiy madaniyatni egallamaganlikni ko‘rsatadi.
Tabrik nutqi. To‘ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug‘ilgan kunlarda so‘zlanadigan nutq tabrik nutqidir. Tabrik nutqi nutq atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko‘rsatishga, ularni maqtashga qaratilgan bo‘ladi. SHuning uchun ham bu nutq ko‘tarinki, tantanali ruhda so‘zlanadi. Til boyligidan ham shunga mos foydalaniladi.
Tabrik nutqi xajm jihatidan ixcham, mazmunan boy bo‘lib, tinglovchining vaqtini ko‘p olmaslik lozim. Tabrik nutqiga misol qilib A.Oripovning "Teran qalb", "Insoniy tuyg‘ular kuychisi", "Aningdek inson bo‘l" asarlarini ko‘rsatish mumkin.



Download 22.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling