1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Download 108.91 Kb.
bet22/47
Sana13.04.2023
Hajmi108.91 Kb.
#1351727
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
ona tili

47. Taqdimot nutqi.
Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
50. Turizm sohasini tanlagan xodim qanday til ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim?
Ona tili – millatning ruhi, uning ko’zgusidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan. Ya’ni ona tilimiz mustaqil davlatimizning Bayrog’I, Gerbi, Madhiyasi bilan bir qatorda turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi hisoblanadi.Shu bois har qanday sohani rivojlantirish uchun avalambor uzimizning ona tilimizni shakllanishi , uning kelib chiqishini mukammal bilishimiz lozim.Bundan tashqari hozirda turizm tillari hisoblanadigan ingliz,arab,xitoy tillaridan ko`nikmalarimiz bulishi lozim.

Download 108.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling