1. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari


Loyihalashga boshlang'ich ma'lumotlar. Asosiy


Download 259.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana11.10.2023
Hajmi259.94 Kb.
#1698422
1   2   3   4   5
Bog'liq
tizimli loyihalash

Loyihalashga boshlang'ich ma'lumotlar. Asosiy 
loyiha hujjatlari 


Loyihalashga topshiriqda quyidagilar ko'rsatiladi:
- loyihalashtirilayotgan liniya nomi va uni loyihalash uchun asos va 
aloqaning yangi tarmoq tugunlarini qurish yoki mavjudlarini 
ishlatish; 
- aloqa kanallari ajratilishi kerak bo'lgan, oxirgi tugun va oraliq 
punktlar belgilangan uzatish liniyasining yo'nalishi; 
- turli ierarxiyalarning raqamli oqimlari yoki asosiy raqamli kanallari 
(ARK) ning tovush chastotali kanallari (TChK) ning umumiy soniga 
keltirilgan, uzatiladigan axborotlarning turi va hajmi; 
- raqamli uzatish tizimlarini, kabel turini tanlash va ularni etkazib 
beruvchi manbalar bo'yicha dastlabki tavsiyalar; 
- tarmoq topologiyasi bo'yicha tavsiyalar 
- rekonstruksiyani tugatish yoki loyiha quvvatini o'rganish davrida 
vaqtli aylanma aloqani va birlamchi tarmoqning bog'lovchi 
liniyalarini tashkil etish bo'yicha talablar;
- texnik va yordamchi binolarni qurish; 


- uzatish liniyasining ishonchlilik ko'rsatkilariga talablar va ularni turli 
ta'sirlardanhimoyalash bo'yicha tadbirlarga talablar;
- uzatish liniyasining telekommunikatsiya tarmog'idagi boshqa 
inshootlari va ularning tarkiblari bilan o'zaro aloqasi; 
- favqulodda holatlarga tadbirlar; 
- uzatish liniyasidan foydalanishni tashkil etish; 
- seysmiklik, ekinli gruntlar guruhi, suvli va boshqa to'siqlar va va b.q. 
haqida dastlabki ma'lumotlar; 
- kapital qo'yilmalarning o'lchamini belgilovchi qurilishning mehnat 
sig'imi;
- texnik- iqtisodiy ko'rsatkichlari va moliyalashtirish manbalari; 
- uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishning boshlanish va 
tugatish muddatlari. 
- loyiha variantlarini amalga oshirish samaradorligini texnik iqtisodiy 
baholash; 
- telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatasiyasi; 
- taktli tarmoq sinxronizasiyasi va b.q. 


Yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlatishda, 
namunaviy va bunga o'xshash loyihalar mavjud bo'lmaganda, 
aloqaning murakkab inshootlarini loyihalash ikki bosqichda olib 
boriladi (ikki bosqichli loyihalash). Bunda ishchi loyiha xujjati 
loyihaning muhim xujjati hisoblanadi. 
Loyiha bir qator zarur bo'limlardan iborat: 
- umumiy tushintirish yozuvi; 
- ishlab chiqarish texnologiyasi; 
- qurilish qarorlari; 
- qurilishni tashkil etish; 
- aholi turar joylarining qurilishi; 
- ishchi xujjatlarni tutish va b.q. 
Loyiha xujjatlarini tayyorlash, uzatish liniyasining kelgusi 
qurilish sharoitlarini va ularning uskunalarini foydalanishga 
tushirish sharoitlarini to'liq o'rganish maqsadida, izlanish ishlari 
majmuasini o'tkazishni talab etadi. 


Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi: 
Uzatish liniyasining trassasini tanlash; 
Oxirgi va oraliq punklarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari; 
Talab etiladigan kanallar sonini asoslash va hisoblash; 
Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar. 
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki 
loyihalashtirilayotgan kabelli kanalizasiya bo'ylab, tonnellarda va 
ayrim xollarda erda o'tishi kerak. Trassa bo'ylab punktlar orasidagi 
masofa izlanishlar jarayonida aniqlanadi.
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me'zonlar 
bo'yicha olib boriladi:

qurilishga minimal kapital xarajatlar; 

minimal ekspluatasiya xarajatlari; 

xizmat ko'rsatish qulayligi. 

Download 259.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling