1. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari


Loyihalashning asosiy bosqichlari


Download 259.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.10.2023
Hajmi259.94 Kb.
#1698422
1   2   3   4   5
Bog'liq
tizimli loyihalash

Loyihalashning asosiy bosqichlari 


Turli xildagi telekommunikatsiya xizmatlari bo'yicha tanlangan 
punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'daniy rivojlanganlik 
darajasiga, birinchi navbatda aholi soniga bog'liq.
Keltirilgan ma'lumotlar asosida belgilangan aholi punktlarining 
bir-biriga intilish darajasi haqida, ularni turli xildagi 
telekommunikasiya xizmatlari bilan ta'minlash haqida xulosa 
qilinadi.
Telekommunikatsiya kanallarining umumiy soni ARK-asosiy 
raqamli kanal yoki TChK-tovush chastotali kanallarning ekvivalent 
sonidan kelib chiqadi.
Uzatish tizimi va kabel turini tanlash birlamchi telefoniya 
tarmog'ini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha rivojlantirishni e'tiborga 
olgan holda amalga oshiriladi:
- kabel va raqamli uzatish tiziimlarini qo'llash bilan yangi 
magistrallarni qurish; 
- mavjud magistrallarni optik kabellarni va optik uzatish tizimlarini 
qo'llash bilan rekonstruksiya qilish. 


Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish quyidagi talablarni 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
XTQyRP OP yoki XTQRP dan distansion manba bilan 
ta'minlanadi, shuning uchun ularni imkon qadar tejamli qilib 
tayyorlashga intilinadi. 
XTQyRP ni ta'minlovchi OP va XTQRP orasidagi masofa 
distansion ta'minot (DT) masofasi deyiladi va har bir RUT ning 
pasport ma'lumotlaridan biri hisoblanadi.
OP-XTQyRP, XTQyRP-XTQyRP yoki XTQyRP-XTQRP 
orasidagi masofa regenerasiyalash uchastkasi uzunligi deyiladi. 
RUT ning optik kabeli RU uzunligi uning energetik 
potensialiga, ya'ni maksimal qoplanadigan so'nish va optik 
kabel turiga bog'liq
Dispersiya buzilishlari uncha katta bo'lmagan hollarda va 
to'lqin uzunligi bo'yicha ajratilgan TOUTda kuchaytirish 
punktlarini qo'llash maqsadga muvofiq. 


Tolali optik uzatish liniyalari (TOUL) ni loyihalashda, istiqbolli 
loyihalash bilan bog'liq, ishonchlilikni oshirish, ekspluatasiya va 
kapital xarajatlarni kamaytirish maqsadida, quyidagilarni ko'zda 
tutish tavsiya etiladi:
- xattoki kichik o'tkazish qobiliyatli tarmoq uchastkalarida ham 
faqat bir modali optik tolali (OT) optik kabellarni ishlatish; 
- rezerv OTli optik kabellarini qo'llash; 
- talab etilgan o'tkazish qobiliyatli qismda boshlang'ich 
ma'lumotlarga nisbatan, liniya traktining yuqoriroq tezlikli 
apparaturasini qo'llash. 
Bir modali optik tolali optik kabellarning yaratilishi va kelgusi 
mukammallashuvi, B*L ifodaning chegaraviy qiymatini keskin 
oshirish imkonini yaratdi, bu erda V - uzatish tezligi, L - 
regenerasiyalash uchastkasi uzunligi.

Download 259.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling