1. Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy tushunchasi. Dasturlash tizimlari
Download 68.78 Kb.
|
3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Operasion tizim rivojlanish imkoniyatlari. 5. Operasion tizimlar rivojlanishi mumkin. Tayanch so’z va iboralar
- Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy tushunchasi.
3-Ma’ruza. Mavzu:Tizimli dasturiy ta’minot,kompyuterni ishga tushiruvchi tizimli dasturlar va ularning imkoniyatlari.Operasion tizimlar tarixi va ishlash funksiyalari. Reja: 1. Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy tushunchasi. 2. Dasturlash tizimlari. 3. Tizimli dasturiy ta’minotning tarkibi va asosiy funksiyalari. 4. Operasion tizim rivojlanish imkoniyatlari. 5. Operasion tizimlar rivojlanishi mumkin. Tayanch so’z va iboralar: Hisoblash tizimi,Apparat qismi,dasturiy qism,Amaliy dasturiy ta’minot, tizimli dasturiy ta’minot, Umumiy tizimli dasturiy ta’minot, Maxsus tizimli dastiruy ta’minot. Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy tushunchasi. Zamonaviy amaliyotda hisoblashlarni bajarish uchun hisoblash mashinalari va tizimlaridan foydalaniladi. EHM – bu apparaturalar majmuasi bo`lib, u qandaydir algoritmlar to`plamining harakatlarini bajarishni ta'minlaydi. Hisoblash tizimi – bu bir yoki bir necha EHM va dasturlar to`plami bo`lib, o`ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarilishini ta'minlaydi. Shunday qilib, hisoblash tizimi 2 (ikki) bo`lakka bo`linadi: dasturiy; apparat. Apparat qismi o`z ichiga hisoblash mashinasining qurilmalarining bacha funksiyalarini kiritadi. Apparat qismining belgilanishi: kiritish va chiqarish amallarini bajarish, saqlash, uzatish va ma'lumot almashuvni amalga oshirishdan iborat. Dasturiy qismi esa – bu dasturlar to`plami bo`lib, hisoblash tizimiga yuklatilgan funksiyalarni bajarilishining tartibini belgilaydi. Dastur natija olish maqsadida apparatura ishini boshqaradi. Dasturiy bo`lak, tizimli dasturiy ta'minot (DT) deb ataluvchi bir-biriga boglik kupgina komponentalar to`plamidan tashkil topgan. Izoh: «ta'minot» so`zi hisoblash tizimiga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirilishiga ko`rsatmadir. Umuman olganda dasturiy ta'minot tizimini ikkita katta bo`lakka bo`linadi: 1. Amaliy DT (foydalanuvchi uchun);__ 2. Tizimli DT. Amaliy dasturiy ta'minot – bu foydalunuvchilarning o`zlari uchun o`zlari tomonidan yaratiladigan dasturlardir. Tizimli dasturiy ta'minot – bu barcha uchun yaratilgan va universal bo`lgan dasturlardir. U ham ikki bo`lakka bo`linadi: 1. Umumiy tizimli dasturiy ta'minot; 2. Maxsus tizimli dasturiy ta'minot. Maxsus tizimli dasturiy ta'minot hisoblash tizimining aniq spetsifik masalalarini yechish uchun umumiy dasturiy ta'minotga qo`shiladi (uchishni boshqarish, harbiy masalalar va h.k.). Umumiy tizimli dasturiy ta'minot universal bo`lib keng ommaviy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`lib, u ham o`z navbatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1. tizimli qayta ishlovchi dasturlar; 2. tizimli boshqaruvchi dasturlar; 3. qo`shimcha 1 va 2 kabi dasturlar; 4. tekshiruvchi –diagnostik dasturlar; 5. amaliy dasturlar paketi; 6. Tizimli dasturiy ta'minotning hujjatlari majmuasi. 1. Tizimli qayta ishlovchi dasturlar foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish masalalarini ularning talablariga ko`ra yechishga mo`ljallangan. 2. Tizimli boshqaruvchi dasturlar hisoblash tizimining barcha funksiyalarini foydaliroq tashkil etish va hisoblash tizimi va foydalanuvchi o`rtasidagi interfeysni tashkil etish uchun mo`ljallangan. Izoh: Faqatgina tizimli boshqaruvchi dasturlargina apparaturaga bevosita murojat qila oladilar. Izoh: Tizimli boshqaruvchi dasturlarni operatsion tizimlar (OT) deb ataladi. OT interfeysning quyidagi variantlarini ta'minlashi mumkin: • buyruq interfeysi; • dastur interfeysi (chaqiriqlar tizimi yoki ba'zi bir tizimli funksiyalarni bajarish uchun qism dasturlar ko`rinishida); • foydalanuvchi interfeysi (darcha, menyu, klavishalar va h.k.) 3. Qo’shimcha tizimli dasturlar qayta ishlovchi va boshqaruvchi dasturlarni imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo`ljallangan. Ular tarkibiga : • servis dasturlari; • instrumental dasturlar kiradi. Servis dasturlarga esa: • dastur qobiqlari (nadstroyki); • utilitalar kiradi. Dastur qobig`ining yaxshi tomoni – bu hisoblash tizimining zahiralariga murojatni yaxshilashdan iborat ( Windows provodnigi va h.k.). Utilitalar (yordamchi xizmat ko`rsatuvchi dasturlar) foydalanuvchini qo’shimcha imkoniyatlar bilan ta'minlash (arxivlash, ma'lumotlarni tiklash,disklarga xizmat ko`rsatish, virusga qarshi dasturlar). Instrumental dasturiy qurilmalarga quyidagilar kiradi: • SUBD; • Mashina grafikasi tizimlari va h.k. 4. Tekshiruv-diagnostik dasturlar EHM ning ishlatish jarayonidagi nosozliklarni tekshirish, aniqlash va bartaraf etish profilaktikasi uchun mo`ljallangan. 5. Amaliy dasturlar paketi – bu amaliy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan dasturlar to`plamidir. Ularga – ilmiy hisoblashlar,modellashtirish va h.k. misol bo`ladi. Izoh: Har bir amaliy dasturlar paketining o`z tili bo`lib, bu paketga tegishli ishlarning bajarilish tartibi ushbu tilda ifodalanadi. 6. Hujjatlar majmuasi – matnli hujjatlarning GOST (ESKD) ga muvofiq tayyorlangan to`plami bo`lib, ularda tizimli dasturiy ta'minotning mos bo`laklarini ekspluatatsiya qilish va o`rnatish haqidagi ma'lumotlar beriladi. 2.Dasturlash tizimlari Dasturlash tizimlari til muammolarini hal qiluvchi dasturlarni birlashtiradilar va dasturiy ta'minotni ishlab chiqarishga mo`ljallangan. Dasturlash tizimlariga 1) translyatorlar; 2) kutubxona dasturlari; 3)redaktorlar; 4)kompanovshiklar; 5)zagruzchiklar;6)otladchiklar kiradilar. Dasturlarga xizmat ko’rsatuvchi tizimlar – bu maxsus servis dasturlar bo`lib, ular yordamida operatsion tizimni o`ziga xizmat ko`rsatish mumkin. Download 68.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling