1. Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy tushunchasi. Dasturlash tizimlari
Download 68.78 Kb.
|
3 maruza
Translyator – bu dastur berilgan dasturlash tilidagi kiruvchi dastur matnini unga ekvivalent
bo`lgan chiqishdagi natijaviy tilga ugiradi. Kompilyator – bu translyator bo`lib, u berilgan dastur mantnini unga ekvivalent bo`lgan mashina buyruqlaridagi ob'ekt dasturga o`giradi. Interpretator – bu dastur bo`lib, u berilgan dastur matnini birdaniga qabul qiladi va bajaradi (natijaviy kodi bo`lmaydi) Kompilyator formal tillar nuqtai nazaridan quyidagi 2 asosiy funksiyalarni bajaradi: 1) u kiruvchi dastur matni tili uchun anglovchi hisoblanadi (kiruvchi dastur zanjirlar generatori bo`lib hisoblanadi); 2) natijaviy dastur tili uchun generator hisoblanadi (anglovchi bo`lib hisoblash tizimi hisoblanadi)__ Leksik taxlil – bu kompilyator bo`lagi bo`lib, dastur literalarini o`qiydi va ular orqali kiruvchi til leksemalarini quradi. Sintaksis tahlil – Tahlil bosqichidagi kompilyatorning asosiy bo`lagidir. Tilning sistaksis konstruksiyalarini ajratadi. Semantik tahlil – bu kompilyator bo`lagi bulib, kiruvchi til semantikasi nuktai nazaridan dastur matnini tekshiradi. Kodni generatsiyalashga tayyorgarlik – natijaviy dasturning sintezi bilan bog`liq bo`lgan harakatlarga tayyorgarlik bajariladi. Kodni genaratsiyalash – natijaviy kodni bevosita hosil etish – kodni optimizatsiyalashni o`z ichiga olgan asosiy faza. Identifikatorlar jadvali – kiruvchi dastur elementlari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi berilganlar to`plami. Bir necha xil identifikatorlar jadvali mavjud. O`tish – bu tashqi xotiradan berilganlarni oxirgi o`qish jarayoni, ularni qayta ishlash va tashqi xotiraga joylashtirish. Kompilyatsiyaning bir fazasi- bu bir o`tishdir. 3.Asosiy funksiyalari va tarkibi Tizimli qayta ishlovchi dasturlarning asosiy funksiyalari va tarkibi; 1. Assembler; 2. Aloqa redaktorlar va yuklovchilar; 3. Makroprotsessorlar; 4. Translyatorlar (tarjimonlar); 5. Til konvertorlari; 6. Redaktorlar va matn protsessorlari; 7. Otladchiqlar; 8. Dizassembler; 9. Kross-sistemlar; 10. Kutubxonachilar. 1. Assembler – bu shunday tizimli qayta ishlovchi dastur bo`lib, u biron bir mashinaga mo`ljallangan dasturlash tilida yozilgan dastur matnini ob'ekt kodiga aylantirish uchun mo`ljallangan. (Assembler tilidagi matn direktivalar va ismlardan tashkil topadi, mashina kodi esa faqat baytlardan tashkil topadi.). Izoh: Ob'ekt kodi yoki aloqa redaktorining kirishiga, yoki yuklovchining kirishiga kelib tushadi. 2. Aloqa redaktorlari – bu shunday tizimli qayta ishlovchi dastur bo`lib, ular Assembler yordamida alohida olingan ob'ekt modullarini yagona modulga birlashtirishga mo`ljallangan. Aloqa redaktori chegarasida barcha adres yo`nalishlari yagona adreslar fazosiga o`rnatiladi. Alohida ob'ekt modullarida har bir ob'ekt moduli aloqa redaktorining chiqishini yuklovchining kirishi deb hisoblaydi. Yuklovchilar dasturni qayta ishlovchi dasturga yuklaylilar va unga boshqaruvni uzatadilar. Yana shu bilan birga ular yuklovchilarni boglovchi alohida modullarni birlashtiradilar. Izoh: Yuklovchilar joy o`zgartiruvchi yoki absolyut bo`lishlari mumkin. • Absolyut yuklovchilar har bir dasturni bittadan fiksirlangan adres bo`yicha yuklaydilar. • Joy o`zgartiruvchi yuklovchilar dasturni xotiradagi ixtiyoriy bo`sh joyga joylashtirishlari mumkin. 3. Makroprotsessorlar– bu shunday dasturlarki, ular belgili qayta ishlashga mo`ljallangan bo`lib, bu jarayonda qandaydir qisqa frazalarga (makrochaqiriqlarga) uzun frazalar (makrokengaytmalar) mos quyiladi. Makroprotsessorning kirishida qandaydir makrochaqiriqlardan olingan matn bo`lib, chiqishida esa – makrokengaytmalar bo`ladi. 4. Translyatorlar (tarjimonlar) bir tilda yozilgan matnni boshqa tilga ugiradilar. Translyatorlarning quyidagi ko`rinishlarini ajratib ko`rsatish mumkin: • kompilyatorlar: kirishida yukori daraja tilida yozilgan dastur matni, chiqishida mashina kodlaridagi aloqa redaktoriga yoki yuklovchiga uzatiladigan dastur. Xususiyatlari: tarjima funksiyalarini aniq bo`linishi va tarjima qilingan funksiyalarni bajarilishi. • interpretatorlar – funksiyalar bo`linmaydilar, balki moslashtiriladilar. Interpretator tarjimani va bajarilishni qatorlab va kooperativ bajaradi. Ulardan yozilgan dasturni dialog asosida qayta ishlashda foydalanish qulay. 5. Til konvertorlari bir yuqori daraja dasturlash tilida yozilgan dastur matnini boshqa yuqori daraja dasturlash tiliga aylantirish uchun mo`ljallangan. Ular C1 dasturlash tilida yozilgan dasturni C2 dasturlash tiliga aylantirish uchun kerak.. 6. Matn redaktorlari mantni qayta ishlash uchun keng imkoniyatlarga egaliklari bilan farklanadilar. 7. Otladchiklar dasturlarni bajarilish jarayonida uchrashi mumkin bo`lgan xatolarni qidirish va bartaraf etish uchun mo`ljallangan. 8. Dizassembler bu mashina kodlari ketma-ketligini assembler ko`rinishiga o`zgartiradigan dastur. Izoh: Ular ham ba'zi bir harakatlar tizimini bajarilishini assembler ko`rinishida kurish imkonini yaratadilar. 9. Kross-tizim – bu dastur bir hisoblash mashinasida mashina kodlarida ifodalangan boshqa bir hisoblash mashinasining dasturlarini olish uchun qo`llaniladi. Loyihalashtirilayotgan hisoblash tizimlari arxitekturasini otladka qilish uchun foydalaniladi. 10. Kutubxonachilar – kiritilayotgan matn, ob'ekt moduli raqami bo`lishi mumkin bo`lgan kutubxona fayllarini tashkil etish va ularga xizmat ko`rsatish uchun dasturlardir. 4.Operatsion tizim rivojlanish imkoniyatlari: Operatsion tizim uzluksiz rivojlanishining sabablari: 1. Apparat ta'minotining yangi ko`rinishlarining yuzaga kelishi va yangilanishi. 2. Yangi servislar. 3. O`zgartirishlar kiritish. Operatsion tizimning rivojlanishi zaruriyat, aks holda u yangi dasturlar va yangi qurulmalar bilan ishlay olmaydi. C1 C2 K1 K2 V OP Misol uchun, Intel protsessorlar Hyper Thread ni qo`llanishidan boshlab Windows NT operatsion tizimini bozordan siqib chiqara boshladi, ular ikkinchi protsessorni emulyatsiya qildilar. «Как работать с эмуляцией ядра Windows NТ» ni yadrosini emulyatsiyasi bilan qanday ishlashni «bilmay qolib» tizim yiqildi. Operatsion tizimlar rivojlanishi mumkin. 1.sakrab (Windows) va 2.asta sekin (UNIX). Download 68.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling