1. Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy tushunchasi. Dasturlash tizimlari


Download 68.78 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi68.78 Kb.
#1613786
1   2   3
Bog'liq
3 maruza

Birinchi holda avvalgi mavjud dasturlardan to`liq voz kechishga to`g`ri keladi, chunki bu tizimda hech qanday ko`chirib o`tishlar nazarda tutilmagan. Ammo, faqat uning o`zigagina yozilgan yangi dasturlardan butun mahsulot yuzaga keladi. Bu esa dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchilar (yaratuv-chilar) uchun juda foydalidir.
Ikkinchi holda yangi kurilma imkoniyatlarini eski dasturlar bilan bog`lashga to`g`ri keladi. Operatsion tizim va dasturlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi dastur zaplatkalarini (patchlar) ishlab chiqarishga to`g`ri keladi.
Operatsion tizimlarni ishlab chiqish.
Operatsion tizimlarni ishlab chiqish bo`yicha uch yechish yuli mavjud. Yopiq yechim. Barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar litsenziyalar bilan himoyalangan va ishlab chiqarilgan firmadan tashqarida o`zgartirila olmaydi. Bunday yechim firmadan qurilmalarning o`zgarishiga juda tez e'tibor berishni, marketing va ishlab chiqarishga katta mablaglarni sarflashni talab qiladi.
Bunday yo`nalishning yutugi bo`lib, o`zi ishlab chiqarayotgan dasturiy mahsuloti uchun firmaning javobgarligi hisoblanadi. Yaxshi hujjatlashtirish. Universalьlik. Standartlashtirish. Bunday yo`nalishdan foydalanayotgan tanikli firmalardan : Microsoft, SUN, SCO.
Bunday yo`nalishning kamchiligi firmalarning inertligi hisoblanadi. O`zgarayotgan sharoitlarga tezda ahamiyat bera olmaslik qobiliyati. Operatsion tizimning boshqa firma ishlab chiqarayotgan operatsion tizim bilan o`zaro aloqa qila olmasligi, ya'ni moslasha olmasligi imkoniyati.
Ochiq yechim. Ishlab chiqarilayotgan yechimlar umumiy litsenziyaga ega ochiq kodli yechimga bo`ysunadilar. Ixtiyoriy xohlovchi dastur mahsulotining berilish kodini olishi mumkin, agar uning avtor tomonidan ishchi varianti quyilgan bo`lsa. Bunday yechim dasturiy mahsulot xatosiz ishlashiga kafolat bera olmaydi. Bu yechimlar ko`p hollarda yaxshi hujjatlashtirilmagan. Bunday yo`nalishning yutugi bo`lib, turli davlat va turli soha mutaxassislarining bir buyruqda ishlay olishi imkoniyati hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar buyrtmasining o`zgarish shartlariga tezlikdagi e'tibori. Barcha mumkin bo`lgan platformalarda va ixtiyoriy boshqa tizimlarda ishlay olish imkoniyati. Bunday yo`nalishdan foydalanayotgan taniqli firmalardan: RedHat, SuSe, FreeBSD; Novell.
Aralash yechim. Ishlab chiqarilayotgan yechimlar umumiy koddan tashqari yana shaxsiy ishlab chiqarilayotgan, litsenziya bilan ximoyalangan yechimdan xam foydalanadilar. Bunday yo`nalish ochiq yechimlardan eng yaxshi yechimlarni tanlab olish va ular asosida o`zlarining yechimlarini tashkil etish imkonini beradi. Bunday yo`nalish har ikkala yo`nalishning eng yaxshi xususiyatlarini
hisobga oladi, chunki firma faqatgina o`zining yechimlarinigina hujjatlashtirish va unga javobgarlikni buyniga olibgina kolmay, balki tanlab olingan ochiq yechimlar uchun xam javobgarlikni xis etadi. Bunday yulni tanlagan firmalar MacOS, BeOs, QNX, Netrino.
Nazorat savollari
1. Hisoblash tizimini qanday bo`laklar tashkil etadi?
2. Amaliy dasturiy ta'minotning vazifasi nimalardan iborat?
3. Tizimli dasturiy ta'minotning vazifasi haqida tushuncha bering.
4. Dastur interfeysi nima uchun kerak ?
5. Foydalanuvchi interfeysi nima uchun kerak?
6. Dastur kobiklari nima?
7. Utilitalar nima?
8. Tizimli qayta ishlovchi dasturlarning asosiy funksiyalari va
tarkibi haqida ma'lumot bering.
9. Operatsion tizim nima?
10. Operatsion tizimlarni ishlab chiqishdagi uch yechish yo`nalishlari
Download 68.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling