1. Tog` jinslarining paydo bo’lishi bo’yicha tasnifi. Tog’ jinslarining donadorlik tarkibi. Tog‘ jinslari
Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari
Download 32.01 Kb.
|
Tog` jinslarining paydo bo’lishi bo’yicha tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajmiy og‘irlik
- Solishtirma massa (vazn)
Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari yerning gravitatsion maydoni ta’siri natijasida yuzaga keladi. O‘z navbatida ular quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: gravitatsion va strukturaviy.Tog‘ jinslarining gravitatsion xossalariga solishtirma 0 va hajmiy og‘irlik, strukturaviy xossalarga esa ularning solishtirma massasi 0, zichlik , umumiy g‘ovaklik P va ochiq g‘ovaklik P0, hamda g‘ovaklik koeffitsienti Kp kiradi. Solishtirma og‘irlik – deb qattiq fazadagi tog‘ jinsi og‘irligining o‘z hajmiga nisbatiga aytiladi: (3.1) bu erda: GT i VT–qattiq fazadagi tog‘ jinsi namunasining og‘irligi va hajmi. Tog‘ jinslari solishtirma og‘irligining ko‘rsatkichi jins hosil qiluvchi minerallarning solishtirma og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 2,5÷5,0 gs/sm3oraliqda o‘zgaradi. Hajmiy og‘irlik – deb tog‘ jinsining asosiy fazalari (qattiq, suyuq va gaz holatdagi) majmui og‘irligining aniqlanayotgan ushbu fazalardagi hajmiga nisbatiga aytiladi: (3.2) bu erda: G –tog‘ jinsi fazalari majmuining og‘irligi; V–tog‘ jinsining aniqlanayotgan fazadagi hajmi. Hajmiy og‘irlik – bu tog‘ jinsining tarkibi va strukturasiga bog‘liq bo‘lgan, ko‘pincha tez-tez foydalaniladigan mustahkamlik xosasidir.U har doim solishtirma og‘irlikdan kichik bo‘ladi, ba’zi-ba’zida esa o‘ta mustahkam tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligi solishtirma og‘irligiga juda yaqin bo‘ladi. Solishtirma massa (vazn) – bu tog‘ jinsining qattiq fazadagi massasi va shu fazadagi hajmi orasidagi munosabat hisoblanadi: (3.3) bu erda: mTva VT– namunaning qattiq fazadagi massasiva hajmi. Zichlik(hajmiy massa)tog‘ jinsining vazn birligi va (tog‘ jinsi tarkibidagi qattiq, suyuq va gazsimon fazalari) hajmi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi: (3.4) bu erda: m– barcha fazalar majmuidagi tog‘ jinsi massasi; V–tog‘ jinsining aniqlanayotgan fazadagi hajmi. Tog‘ jinslarining solishtirma massasva zichligi ularning solishtirma va hajmiy og‘irliklari orqali ham ifodalanishi mumkin: (3.5) (3.6) bu erda:g– jismning erkin tushish tezlanishi. Zichlik solishtirma va hajmiy og‘irliklardan farqli ravishda aniq fizik maqsadlardagi moddaning parametri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Google internet tarmog’i www.Arxiv.uz www.Hozir.og www.aim.uz va fanga doir ma’lumotlar. Download 32.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling