1. Tog` jinslarining paydo bo’lishi bo’yicha tasnifi. Tog’ jinslarining donadorlik tarkibi. Tog‘ jinslari


Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari


Download 32.01 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi32.01 Kb.
#1378970
1   2   3
Bog'liq
Tog` jinslarining paydo bo’lishi bo’yicha tasnifi

Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari yerning gravitatsion maydoni ta’siri natijasida yuzaga keladi. O‘z navbatida ular quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: gravitatsion va strukturaviy.Tog‘ jinslarining gravitatsion xossalariga solishtirma 0 va hajmiy og‘irlik, strukturaviy xossalarga esa ularning solishtirma massasi 0, zichlik , umumiy g‘ovaklik P va ochiq g‘ovaklik P0, hamda g‘ovaklik koeffitsienti Kp kiradi.
Solishtirma og‘irlik deb qattiq fazadagi tog‘ jinsi og‘irligining o‘z hajmiga nisbatiga aytiladi:
(3.1)
bu erda: GT i VTqattiq fazadagi tog‘ jinsi namunasining og‘irligi va hajmi.
Tog‘ jinslari solishtirma og‘irligining ko‘rsatkichi jins hosil qiluvchi minerallarning solishtirma og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 2,5÷5,0 gs/sm3oraliqda o‘zgaradi.
Hajmiy og‘irlik – deb tog‘ jinsining asosiy fazalari (qattiq, suyuq va gaz holatdagi) majmui og‘irligining aniqlanayotgan ushbu fazalardagi hajmiga nisbatiga aytiladi:
(3.2)
bu erda: Gtog‘ jinsi fazalari majmuining og‘irligi; Vtog‘ jinsining aniqlanayotgan fazadagi hajmi.
Hajmiy og‘irlik – bu tog‘ jinsining tarkibi va strukturasiga bog‘liq bo‘lgan, ko‘pincha tez-tez foydalaniladigan mustahkamlik xosasidir.U har doim solishtirma og‘irlikdan kichik bo‘ladi, ba’zi-ba’zida esa o‘ta mustahkam tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligi solishtirma og‘irligiga juda yaqin bo‘ladi.
Solishtirma massa (vazn)bu tog‘ jinsining qattiq fazadagi massasi va shu fazadagi hajmi orasidagi munosabat hisoblanadi:
(3.3)
bu erda: mTva VT– namunaning qattiq fazadagi massasiva hajmi.
Zichlik(hajmiy massa)tog‘ jinsining vazn birligi va (tog‘ jinsi tarkibidagi qattiq, suyuq va gazsimon fazalari) hajmi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi:
(3.4)
bu erda: m– barcha fazalar majmuidagi tog‘ jinsi massasi; Vtog‘ jinsining aniqlanayotgan fazadagi hajmi.
Tog‘ jinslarining solishtirma massasva zichligi ularning solishtirma va hajmiy og‘irliklari orqali ham ifodalanishi mumkin:
(3.5)
(3.6)
bu erda:g– jismning erkin tushish tezlanishi.
Zichlik solishtirma va hajmiy og‘irliklardan farqli ravishda aniq fizik maqsadlardagi moddaning parametri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

Google internet tarmog’i


www.Arxiv.uz
www.Hozir.og
www.aim.uz
va fanga doir ma’lumotlar.
Download 32.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling