1. Тo‘g‘rilagichlar haqida umumiy tushunchalar Тok va kuchlanish stabilizatorlari, ularning vazifasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 146.15 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi146.15 Kb.
#1739657
  1   2   3   4
Bog'liq
togirlagichlar va stabilizator




Mavzu:
To’g’rilagichlar. Tok va kuchlanish stalibizatorlari. Suyuq dielektriklar

Reja:
1.Тo‘g‘rilagichlar haqida umumiy tushunchalar
2. Тok va kuchlanish stabilizatorlari, ularning vazifasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Тo‘g‘rilagichlar haqida umumiy tushunchalar
Тo‘g‘rilagichlar deb, o‘zgaruvchan tokni bir yo‘nalishdagi o‘zgarmas tokka yoki puls tokiga aylantirib beradigan qurilmalarga aytiladi. Bu aylantirishlar ko‘p hollarda ventillar yordamida amalga oshiriladi. Тo‘g‘rilagichlarning sifatli tavsiflari ko‘pgina hollarda ventillarning volt-amper tavsifiga bog‘liq bo‘ladi (2.32-rasm).


Bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar shakli, ularning ishlash jarayoni
Fazalarning soni bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali to‘g‘rilagichlar mavjud. Bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagichlar sxemasi 2.34-rasmda ko‘rsatilgan. Тo‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Uo ≈ 0,9 • U2 bilan o‘lchanadi.


Agarda ventillarning ichki qarshiligini hisobga olsak:
Misol. Ko‘priksimon sxemasi bilan yig‘ilgan to‘g‘rilagichda U0 = 250 V ga teng to‘g‘rilangan kuchlanishni olish kerak, bunda Io = 0,3 A. Ventillarni tanlab olib va ulardagi kuchlanishning pasayishini nazarga olmay, transformatorning ikkilamchi kuchlanishini hisoblash kerak.
Yechish. Ko‘priksimon sxemasida: Utes..max.= 1,57 Uo. Unda: Utes..max.=1,57 · 250 = 392 V, ventil orqali o‘tuvchi tokning amaldagi qiymati: Ito‘g‘. = 0,78 · 0,3 = 0,233 A. Ma’lumotnomadan Io = 0,3 A Utes.k. = 400 V ga teng bo‘lgan D7J ventilini tanlaymiz. Тransformatorning ikkilamchi kuchlanishi U2 kuchlanish Uo bilan Uo ≈ 0,9 · U2 bog‘langan. Bundan: U2 = Uo/0,9 ≈ 282 V. Demak, transformatorning ikkilamchi kuchlanishi 282 V ga tengdir.
Uch fazali ikki taktli Larionovning sxemasi uchta oddiy ko‘priksimon sxemalardan iborat bo‘ladi. Larionov sxemasida ventillar juftma-juft ketma-ket ishlaydi, vaholanki, har qanday berilgan vaqtda katodning, ayniqsa manfiy potensialli tok ventili va ayniqsa anodning musbat potensialli juft ventili ishlaydi. Тokning ventil orqali o‘tishi 2.35-rasmda ko‘rsatilgan. Larionov sxemasining afzalligi teskari kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan qiymati hisoblanadi. Larionov sxemasi katta quvvatli to‘g‘rilagichlar uchun qo‘llaniladi.


Download 146.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling