1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari
Download 36.23 Kb.
|
Gimnastikada burilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldinga to’lqin
- Orqaga to’lqin
- Yonga to’lqin
Yaxlit to’lqin. Pastdan harakatlanish bilan boshlanadigan to’lqinlar eng ko’p uchraydigan to’lqinlar xisoblanadi. Yuqoridagi tana a’zolari harakatiga beriladigan boshlang’ich “impuls” berilganda bajariladigan teskari to’lqin kam uchraydi. Quyida sogital va frontal o’qida tana a’zolari harakati bilan ijro etiladigan eng ko’p uchraydigan to’lqinlar to’g’risida qisqa bayon etiladi.
Oldinga to’lqin bajarish (3-rasm). Harakat “dumaloq” yarim cho’qqayib o’tirishdan boshlanadi. To’lqin tizzalarni oldinga harakatlantirishdan boshlanadi (1-2- kadr), bundan keyin to’lqinga tos qo’shiladi va oldinga siljib (2-4- kadr), bel, tananing ko’krak qismi (3-4- kadr) va nixoyat gimnastikachining yyelkasi (4-6- kadr) bilan bajariladi. Harakatlanish uchun to’lqinning boshida boshni pastga egish (1-4- kadr) , keyin muntazam ravishda ko’tarish o’ziga hosdir (4-6- kadr). Bu harakat to’lqinga chiroyli kun yasovchi ifodali harakat elementi bo’libgina qolmay, balki, texnik maqsadga muvofiq paytdir: boshni egish holati asosan tanani bukilish fazasida, tik tutish holati esa kerishish fazasida keladi. Bosh va asosiy tana a’zolari bo’g’imlari harakatining bunday bog’liqligi tabiiydir. Orqaga to’lqin sagital o’qda bajariladi ). U tananing yuqoridagi a’zolaridan boshlanadi: orqaga egilishga (1-2- kadr). Pastki a’zolar qo’shiladi, gimnastikachi gavdani to’g’irlamasdan oldinga egilib yarim cho’qqayishga o’tadi (3-5- kadr), undan keyin esa gavdani rostlaydi (5-8- kadr). Yonga to’lqin (5-rasm). Mazkur to’lqindagi harakat ketma – ketligini gimnastikachining bo’ksasi orqali kuzatishimiz mumkin: dastlabki holatdan chap oyoqqa turib, o’ng oyoq yonda oyoq uchida (1- kadr) turib gimnastikachi o’ngga egilib yarim cho’qqayadi, shunda bo’ksa chapga harakatlanadi. Keyin og’irlik asta-sekin ikkala oyog’ga o’tkaziladi va bo’ksa o’nga harakatlanadi boshlaydi (2-3- kadr). Bundan keyin tana og’irligini o’ng oyoqqa o’tkazib, gimnastikachining o’ngga – yuqoriga harakatlanadi (3-4- kadr). To’lqinning yakunida gimnastikachi dastlabki holatga o’xshash, lekin o’ng oyoqda turib (4-5- kadr) chap oyoq yonda oyoq uchida turib tugatadi. 4-rasmda xuddi shu harakat yon tomondan ko’rsatilgan. Download 36.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling