Ikki oyoqda baland sakrash juda murakkab bo’lishi mumkin. Ular joyidan yoki yugurib, kelib ikki oyoqqa qo’nib bajariladi. Bunday sakrashlarda faqat qo’llar bilan siltashdan foydalaniladi (“irg’ishlar” bilan solishtirganda). Baland uchish uchish paytida aniq belgilangan samarali holatni qabul qilish uchun qo’llanilishi mumkin. Bunday sakrashga boshqa murakkab harakat kiritilganda (masalan, burilishlar), u boshqa bir guruhga ta’luqli bo’lishi ham mumkin, chunki harakatning asosiy qiyinchiligi boshqa harakat bilan aniqlanadi.
Siltanib baland sakrash yuqoridagi guruh elementlaridan farq qilib, unda faqatgina qo’lni emas, (lekin, shart emas) balki bo’sh oyoqni ham siltashdan foydalaniladi. Shunday qilib bunday sakrashlarni aniqlovchi boshqa belgilar – bir oyoqda depsinishdir. Mazkur guruhga tegishli bo’lgan sakrashda, uchishdagi eng oddiy harakat, holatni saqlab qolish yoki “namoyish qilish” bilan bog’liq bo’lgan harakatdir.
Qadamlab sakrash, keng sakrash va ularga o’xshash sakrashlar xarakterli birikmani aniqlovchi belgilarni o’z ichiga oladi. Bu sakrashni yurib, bir oyoqda depsinib, depsingan tomonga aniq harakatlanish va bir oyoqqa qo’nish bilan bajariladi. Bunday sakrashlar uchun uchish holatini saqlab qolish o’ziga hosdir. Qolgan belgilar uncha aniq ko’rinmasligi mumkin.
Murakkab burilishlar bilan sakrash ikki oyoqda hamda bir oyoqda depsinib bajarilishi mumkin. Shunday qilib, bir oyoqda siltash bu erda shart emas, lekin qo’l bilan siltash harakatlari har doim aniq ifoda etilgan, agar bu 3200 dan kam bo’lmagan burilishli sakrashga tegishli bo’lsa. Mazkur sakrashda murakkab burilishni bajarish elementning tashqi ta’siri kabi real qiyinchiligini aniqlovchi asosiy harakat vazifasi bo’ladi. Bu esa bunday sakrashlarni alohida guruh qilishga sabab bo’ladi.
Xatlab sakrash – murakkab sakrash turlarini o’z ichiga olgan o’ziga hos sakrash shaklidir (murakkab sakrash to’g’risida keyingi bo’limda). U quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: bir oyoqda depsinib, ikkinchi oyoq va qo’l bilan ifodali siltash bilan birga uchishda ozmi-ko’pmi murakkab burilishlar, oyoq holatlarini tez-tez almashtirish va bir oyoqqa qo’nish.
Do'stlaringiz bilan baham: |