1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari
Download 36.23 Kb.
|
Gimnastikada burilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xatlab sakrash
Sakrab shpagat – sakrashning o’ziga xos turi bo’lib, ikki oyoqda depsinib, ham siltab bajariladi. Mazkur holatni amalga oshirish bosqichida oyoqlar bilan qarama-qarshi tomonga sinxronli siltash bajariladi. Sakrash oddiydagi singari ko’ndalangiga ham shunday bajariladi (17-rasmga qarang).
Aytib o’tilganlardan tashqari bu harakatlarning yana ikki xil varianti mavjud. Oyoqni siltab baland sakrash bir oyoqda depsinish va energiya hosil qilish kabi holatni hosil qiluvchi ikkinchi oyoqning foal harakati bilan bajariladi. Oldinga va yonga siltab sakrash to’g’ri yoki bukilgan oyoqni siltab, bir yoki ikkala oyoqda qo’nish bilan bajarilishi mumkin. Bunga xos turlari: oyoqni almashtirish va siltanuvchi oyoqqa qo’nish bilan sakrash (to’g’ri yoki bukib siltash bilan), oldinga siltanib sakrash (18-rasm), oyoqni bukib siltash bilan yopiq sakrash , oyoqni yonga siltab sakrash, vertikal shpagat va boshqalar. Xatlab sakrash – siltanib sakrab ortga burilish va uchishda oyoq holatlarini almashtirishdir. Depsinuvchi oyoqni yonga burib bajariladigan oyoq va qo’llarni bir-biriga nisbatan teskari harakatlantirish bilan xatlab sakrash ancha oddiy. Oyoq bilan siltash yuqoriga uchish hisobiga sodir bo’ladi (yuqoriga – oldinga emas). Buning uchun itarilishda (shu bilan birga yugurib kelishdagi eng oxirgi qadamda, agar sakrash yugurish davomida bajarilsa) yelkalar biroz orqaga ketadi (burilib oddiy sakrashlar bilan solishtirish mumkin). Qadam oyoq uchidan biroz harakatlantirib, oyoq va qo’llar bilan siltashdan keyin qo’llar orqaga harakatlanib yarim cho’qqayish yuzaga keladi. Itarilish paytida oyoq bilan 1- pozisiya orqali yuqoriga o’tkir, o’ziga hos siltash bajariladi. Burilib sakrash singari, oyoqni ortga burish, siltash oxiridan boshlanadi (21-rasm, 1-3-kadr). Gimnastikachi 1800 ga burilishni yakunlayotganida depsinuvchi oyoqni siltanuvchi oyoq tomonga tortadi Oyoqlar bir – birlariga tegmasdan o’tadi. Depsinuvchi oyoq orqaga ketadi, siltanuvchi oyoq tayanishga tushadi (5-7). Sakrash shpagat va boshqa harakatlar orqali murakkablashtirilishi mumkin (5-6). Burilish siltanuvchi oyoq tomonga bajariladigan bir tomonli xatlab sakrash texnik va tuzilishi tomonidan murakkabroqdir. Bunday holatda oyoq holatini almashtirish fazasi ancha qiyin bo’ladi. Har tomonli hatlab sakrashdan bir tomonli xatlab sakrashning farqi shundaki, bunda depsinuvchi oyoq yuqoridan o’tadi va uning o’zi tayanch oyoq bo’ladi. Download 36.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling