№1 to'plamda 3 dona o'lchov; №2-38; №3-112; №4-10; №5-10; №6-10; №7-10; №8-10; №9-12; №10-20; №11-43; №12-74; №13-11; №14-38; №15-4; №16-29; №17-19; №18-19; №21 to'plamda dona o'lchovlar bor


Download 92.84 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi92.84 Kb.
#1461469
Bog'liq
metrologiya 1mustaq

  • №1 to'plamda 83 dona o'lchov; №2-38; №3-112; №4-10; №5-10; №6-10; №7-10; №8-10; №9-12; №10-20; №11-43; №12-74; №13-11; №14-38; №15-4; №16-29; №17-19; №18-19; №21 to'plamda 7 dona o'lchovlar bor.
  • Mikron to'plam deb ataluvchi to'plamda: №4-8 gacha 10 donadan; № 15 da 4 dona; №21 da 7 dona plitka bo'ladi. Bulardan har birining o'lchami turlicha bo'ladi.
  • UYaPUO' - aniqligi. O'zlarining ishlanish aniqligi bo'yicha, ya'ni ularni ishlatishdagi joizliklarning oshib borish tartibida besh klassga-00, 0, 1,2, 3 bo'linadi. Foydalanishda bo'lganlarga qo'shimcha yana ikki klass 4 va 5 qo'shilib jami 7 klass bo'ladi. Plitkalarning klasslari plitka “o’rta o’lchami (uzunligi)ning” nominal o’lchamiga yaqinlashish darajasini tavsiflaydi.
  • UYaPUO’ materiali. Ko’p hollarda po’lat olinib uning 10 ga harorat kengayish koeffitsienti (1l,5±0,l) x10-6 tengdir 10° dan 30° gacha o’zgarganda, bu degani 1 m o’lchov harorati 1°S ga o’zgarganda u o’zining o’lchamini 11,5 mkm ga o’zgartiradi. UYaPUO’ qattiq qotishmadan ham tayyorlanadi va yeyilishga chidamliligi 10,40 marta po’latdan ko’p bo’ladi. Bular keng tarqalmagan, chunki harorat kengayish koeffitsienti po’latga qaraganda 2 marta kamdir.
  • 7.1-rasm. Yassi-parallel uzunlik uch o 'Ichovlari: a – shayba ustidagi plitka;
  • b– ishqalab yopishtirilgan plitkalar; v-plitkalarni ishqalab yopishtirish.
  • Uzunlik uch o'lchovlari to'plamlari. Ma'lum o'lchamlar to'plamlari ko'lamlari g'iloflarda chiqariladi. Qo'llanish sohasiga qarab 20 tacha to'plamlar chiqariladi va bu to'plamning har birida turli sonli o'lchovlar bo'ladi:
  • ). Detallarning yaroqli yoki yaroqsiz ekanini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishda ba’zan detallarni nazorat qilish degan tushunchadan foydalanadilar. Nazorat qilish deganda o’lchamning haqiqiy qiymati emas, balki detalning o’lchami yo’l qo’yilgan eng katta va eng kichik o`lchamlaridan, ya’ni joizlik chegaralaridan og’masligini qayd qilish tushuniladi.
  • Differensial o’lchash usulida detalning har bir elementi alohida boshqasiga bog’liqsiz o’lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, tashqi yoki ichki diametrlarni aniqlash, shlitsali birikmada shlitsaning enini aniqlash. Detalning yaroqliligi haqidagi xulosa hamma o’lchashlardan keyin qilinadi.
  • Kompleksli o’lchash usuli yoki nazoratini amalga oshirish uchun maxsus asboblar yoki kalibrlar qo’llanilib detalning yaroqliligi haqida darhol xulosa qilinadi. Bunda birdaniga hamma yoki bir nechta parametrlar o’lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, shlitsali tiqin yoki halqa bilan nazorat qilishda.
  • Bilvosita ollchashda izlangan miqdor u bilan ma'lum bog'lanishda bo’lgan boshqa bir miqdorni o’lchash yo’li bilan topiladi. Masalan, katta valning D diametrini topish uchun uni ruletka bilan aylantirib, o’rab olib, ruletkaning valni bir marta o’ralgan qismini uzunligi topiladi. Geometriyadan esa aylananing I uzunligi pD ga teng ekani ma’lum;
  • Kontaktli o’lchash usuli bilan o’lchashda o’lchanadigan buyum va o’lchash asbobining sirti bir biriga tegadi (masalan, val o’lchamini shtangensirkul bilan oichanganda shunday bo’ladi).
  • Kontaktsiz o’lchash usuli bilan o’lchaganda o’lchanayotgan buyum va o’lchash asbobining sirti bir-biriga tegmaydi (masalan, optik yoki pnevmatik o’lchash asboblari yordamida o’lchaganda shunday bo’ladi
  • Uzunlik o’lchovi birligi. 1960 yilgacha uzunlik birligi 1 m ning xalqaro etaloni sifatida kesimi X shaklida bo'lgan va platina (90%) hamda iridit (10%) qotishmasidan yasalgan brusning ikki shtrixi (chiziqchasi) o'rtalari orasidagi masofa (°S da) qabul qilingan edi. Bu etalonda ikki shtrix o'rtalari orasidagi masofani yo 0,1 mkm. dan ortiq aniqlik bilan o'lchash mumkin bo'lmaganligi uchun fan va texnikaning talablariga javob bermay qoldi. Uning yana bir kamchiligi tabiiy ofat (zilzila, suv toshqinni) vaqtida yo'qolishi mumkin edi. Shuning uchun 1960 yilda ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani metrning yangi aniqlanishini qabul qildi. Yangi tizimda 1 metr kripton (gaz) yorug'lik to'lqinlarining uzunliklari yordamida ifodalangan, ya'ni bu tushuncha tabiiy miqdorga bog'langan, ya'ni "metr, vakkumda kripton-86 spektrining to'q sariq chizig'iga mos nurlanish to'lqinlarining 1650763,73 tasiga teng uzunlikdir."
  • Bir metr mln. mikrometr (mkm) ga teng, shu sababli metrning etaloniga yorug'lik to'lqinlarining 1650763,73 ta uzunligi joylashadi. Yangi etalon yordamida hozir 1 metrning uzunligi 0,002 mkm. li xatolik bilan yasaladi, bu xatolik esa ilgarigi etalondagi xatolikdan 50 marta kam. BMITI da bu etalonni hosil qilish uchun etalon interferometr yaratildi.
  • O’lchov birliklarini umumlashtirish maqsadida ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani tavsiyasiga binoan 1960 yilda birliklarning xalqaro tizimi SI (internatsional tizim) kiritildi. Shu asosda GOST 8.417-81 (ST SEV 1052-78) ishlab chiqildi.
  • SI da har xil parametrlarni: mexanik, issiqlik, elektrik, magnit, yorug’lik, akustik va ionlashtiruvchi nurlanishlarni o’lchashda ishlatiladigan oltita asosiy birlik bor. Asosiy birliklar sifatida:
  • metr (m) – uzunlikni o’lchash uchun;
  • kilogramm (kg) – massani o’lchash uchun,
  • sekund (sek) – vaqtni o’lchash uchun;
  • Kelvin gradusi (K°) - haroratni o’lchash uchun;
  • Amper (A) - elektr toki kuchini o’lchash uchun;
  • kandela (sham) kd – yorug’lik kuchini o’lchash uchun ishlatiladi.
  • Kuch birligi qilib Nyuton olinadi 1H=1kг×м×c-2; bosim birhgi Paskal 1Пa =1кг×м-1×c-2 va h.k. SI da o’nlik ko’paytmalar uchun quyidagi qo’shimchalar kiiitildi:
  • eksa (e)–1011; peta (p)–1015; tera (t)–1012; giga (g)–109; mega (m)–106; kilo (k)–103; gekto (g)–102; deka (da)–101; ditsi (d)–10-1; santi (s)–10-2; milli (m)–10-3; mikro (mk)–10-6; nano (n)–10-9; piko (p)–10-12; femto (f)-10-15; atto (a)–10-18.
  • Rus kimyogar olimi D.I. Mendeleev «Fan o’lchash boshlangandan beri rivojlanmoqda, ya’ni o’lchashsiz fan boshlanmaydi» degan edi. Hozirgi davrda o’lchashsiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotni tasavvur etib bo’lmaydi.
  • Chizmaga, ishlab chiqarish, nazorat qilish, defektlash yoki mahsulotga xizmat qilish texnologik xaritalaridagi eskizlarga qo’yilgan o’lcham talab etilgan aniqlik bilan o’lchanishi kerak. O’lchash o’rnatilgan tartib va qoida, hamada asosli ravishda tanlangan o’lchash vositasi yordamida bajariladi.
  • O’lchash – bu maxsus texnik vositalar yordamida fizik miqdorning qiymathii tajriba yo’li bilan aniqlashdir. O’lchash – o’lchanayotgan miqdorni (masalan, val o’lchamini) birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslashdan iboratdir (uzunliklarni o’lchash uchun bunday birlik sifatida metr qabul qilingan). O’lchov birliklari, vositalarini va o’lchash usullarini o’rganadigan fan metrologiya deb ataladi. Metrologiyaning asosiy vazifalari O’z RST 8.010-93 (GOST 16263-70) da keltirilgan.

TEXNIKAVIY OLCHOVLAR, OLCHOV VOSITALARI VA USULLARI HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR.

  • REJA
  • 1. Texnikaviy olchovlar, nazorat qilish va uning turlari.
  • 2. Olchash vositalari, ularning turlari.
  • 3. Olchash aniqligi va absolyut xatolik.
  • 4. Xatolik turlari va ularga tasir etuvchi omillar.
  • 5. Uzunlik uch o'lchovlari to'plamlari.

Download 92.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling