1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHimqo`rg`on
Varg`anza — Kitob rayonidagi qishloq nomi. Maxalliy aholining ko`pchiligi anorchilik bilan shug`ullanadi. Aytishlaricha, bu erga boshqa erlardan kelishib anor o`g`irlab ketishgan. Bu voqea muntazam takrorlanib turgan. SHuning uchun bu qishloqqa «varg`anza», ya`ni anor o`g`irlanadigan joy, deb nom bergan ekanlar. B. Ahmedov ta`rificha «var» so`zi so`g`diycha bo`lib, «shamol», «g`anza» — koni, ya`ni shamol koni degan ma`noni bildiradi. Hozir hdm bu qishloq shu nom bilan ataladi.
SHahrisabz — Qashqadaryo viloyatiga qarashli shahar. Bu nom XVI asrda tilga olinadi. SHaharning qadimgi nomi Kesh. XV — XVI asrlardagi tarixiy manbalarda, chunonchi, xoja Axrorning vaqf hujjatlarida va «Boburnoma» da Kesh va SHahrisabz nomlari parallel’ ishlatiladi. SHahrisabz — «Ko`kalamzor shaxdr», ya`ni «YAshil shahar» demakdir. XIV — XV asrlarda Amir Temur va Ulug`bek davrlarida SHahrisabzda qator monumental binolar — sarof, masjidlar, maqbara va boshqalar qurildi. Bu inshootlarning xarobalari hozirgi vaqtda noyob me`morchilik yodgorligi sifatida saqlanib qolgan. YAkkabog` — Qashqadaryo viloyati YAkkabog` rayonidagi shu nomdagi aholi yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog` rayoni o`rnida axoli kam bo`lgan. Bularning ham ko`pchiligi ko`chmanchi xalq bo`lib, chorvachilik bilan shug`ullangan. YAkkabog` hududi ekin ekishga qulay bo`lgan. U Hisor tog`iga yaqin bo`lib, chashma va mayda soy suvlari YAkkabog`dan o`tadi. Suvning bu jixdtdan qulayligi bog`-rog` barpo etishga olib kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog` barpo qilingan. YAkkabog` rayoni hududida bir necha qishloq mavjud. Bulardan biri No`g`aylidir. No`g`aylar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham xalq o`rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq — Qatag`on (quvilganlar), uchinchi qishloq — Uchtepa. CHimqo`rg`on — Qashqadaryo viloyatidagi qishloq. CHimqo`rg`on — chim devor bilan o`rab olingan joy demakdir. Bu qishloq aholisi talonchilardan saqlanish maqsadida o`z qishloqlarini atrofini devor bilan o`rab olishgan. Bu devor atrofida chuqur xdndaqlar qazib, suv bilan to`latib qo`yishgan. Qo`rg`onga kirib chiqadigan to`rtta darvoza bo`lib, ularga ko`tarma ko`priklar orqaligina kirilgan. Aholisi qo`rg`on tashqarisida dehqonchilik qilgan. Ular o`zlariga to`q va mard kishilar bo`lgan. Qo`rg`onni yov olish mushkul bo`lgan. Qishloq aholisi qo`rg`onga suvni tog`dan sopoldan yasalgan quvurlar orqali keltirishgan. Bunaqa quvur yot kishilar uchun sir saqlangan, Quvur erga ko`milib, bir uchi tog`dagi buloqlarga bog`langan. Rivoyatda aytilishicha, bu qishloqqa yov bostirib keladi, lekin qo`rg`onga bostirib kirish imkoniyatini topolmay to`xtab qolishadi. SHu vaqtda CHimqo`rg`on hokimining chiroyli qizi bosqinchilarning lashkarboshisiga xufiyona oshiq bo`lib qoladi. U muhabbat deb dushman tomonga qochib o`tadi va sir saqlangan suv yo`lini aytib beradi. Bu yovga qo`l kelib, buloq og`zini bekitishadi. Suvsiz qolgan xalq sotqinlik natijasida engiladi. CHimqo`rg`on bosib olinib, devorlari buzib tashlanadi. Sopol quvurlar esa er tagida qolaveradi. Ularning qoldiqlari hozir ham o`sha ko`milgan erdan topilmoqda. CHimqo`rg`on qishlog`i devorlari buzilib ketsa ham o`z nomini saqlab qolgan. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling