1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Download 327 Kb.
bet42/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Suluvqo`rg`on — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. «Suluv» so`zi toponimlar tarkibida ko`proq uchraydi. Masalan, Jizzax viloyati Zomin rayonida Suluvjo`na degan joy bor (jo`na — uzunasiga cho`zilgan tepalik), chiroyli tepalik degan ma`noni anglatadi. Qadimgi chiroyli qilib qurilgan qo`rg`onni suluvqo`rg`on deb atashgan. SHu qishloq o`rnida VI asrda qurilgan qo`rg`on qoldiqlari topilgan.
Nog`oraxona — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Saroylarda musiqa asboblari (nog`ora, karnay, surnay) saqlanadigan va shu asboblarning ijrochilariga mo`ljallangan maxsus joy nog`oraxona (nakkoraxona) deyilgan. Saxnaga o`xshagan bir tomoni ochiq xonada maqomlar, har xil kuylar ijro etilgan. Qishloqdan nog`orachilar ko`p chiqqanligidan qishloq shu nomni olgan bo`lishi mumkin.
Ovxona — Samarqand viloyat Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. «Ov» qilinadigan joy yoki «suv ombori» (obxona) ma`nosida bo`lsa kerak. Obxona — ovxona bo`lib buzilib ketgan bo`lishi mumkin. Aslida suv ombori ma`nosi haqiqatga yaqin.
Orlot Samarqand viloyat Ishtixon, Nurota rayonlaridagi qishloqlar nomi. Orlot — CHingizxon o`z o`g`li CHig`atoyga taqdim etgan to`rtta Mo`g`ul qabilasidan biridir. Bu qabila hozirgi Afg`onistonning shimoliy qismiga o`rnashib qolgan. Movarounnahrda orlotlar kam bo`lsa ham nufuzli qabilalardan hisoblangan, deb ta`kidlaydi o`zining «Ocherklari»da B. X. Karmisheva. Orlot qabilasi 92 bovli o`zbek «qavmlari» qatorida ko`plab tarixiy manbalarda tilga olingan. Qabila pilot, olot shakllarda ham talaffuz qilingan. Buxoro viloyati Qorako`l rayonidagi Olot qishlog`i ham o`sha etnonimdan olingan.
Oytamg`ali — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Oqdaryo, Payariq rayonlarida, Jizzax viloyatining Forish rayonida Oytamg`ali, do`rmon, qipchoq, kurma, qo`ng`irot kabi o`zbek qabilalari tarkibiga kirgan urug`lar bor. Ulug` tamg`asi yangi oy (taqa) shaklida bo`lgan uchun Oytamg`ali deb atalgan. Qishloq ham shu nom bilan atalgan.
Oqqo`yli — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Oqqo`yli — urug` nomi. Qoraqo`yli nomlar ham mavjud.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling