1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Go`rxokasoy
- Dahbed
- Dukchilik
Yo`g`otepa — Samarqand viloyat Ishtixon rayonidagi qishloq. Toshkent yaqinida ham Yo`g`ontepa degan joy bor (yo`g`on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli joylar ham bor). Yo`g`ontepa — katta tepa degan ma`noni anglatadi.
Kavsar — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Aslida biron-bir suv — buloq yoki ko`l nomi bo`lsa kerak. Qishloq suvi shirin bo`lganligi sababli «jannat suvi» — «jannat bulog`i» degan nom olgan. Gumbaz — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Qubbali bino gumbaz deyilgan, shu bilan birga toza suv saqlanadigan sardobalar ham usti pishgan g`ishtdan gumbazli qilib ishlanganligi sababli qisqagina gumbaz deb atalgan. Qishloq nomi xam o`sha so`zdan olingan. Zarafshon vohasida yashaydigan qora qipchoqlarning bir urug`i gumbaz deb yuritilgan va qadimdan Pastdarg`om rayonida yashab kelgan. Go`rxokasoy — Samarqand viloyati Nurota rayonidagi soy. Go`rxona mozor, qabriston degan ma`noni anglatadi; qabristonga o`xshagan joydan o`tganligi sababli soyga ham Go`rxonasoy deb nom berilgan. Davlatobod — Samarqand viloyati Samarqand rayonidagi qishloq nomi. Temurning Samarqand shahridagi bog`laridan biri Davlatobod nomi bilan atalgan. Buning o`rnida tashkil topgan qishloq xam o`sha Temur bog`ining nomi bilan Davlatobod deb nomlangan. Dahbed — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq. Tojikcha — dah — o`n, bed — tol, ya`ni o`ntol degan ma`noni anglatadi. Qishloq ham shu nom bilan yuritiladi. Deybaland — Samarqand viloyati Nurota rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha Dehibaland baland joydagi qishloq, ya`ni baland qishloq degan ma`noni bildiradi. Qishloq shu nom bilan ataladi. Dukchilik — Samarqand rayonidagi qishloq. Bu erda dukchilik (yikchilik), bo`z to`qish uchun duk (yik) yasash kasbi bilan shug`ullanishgan. SHu sababdan kishlok shu nomni olgan. Jaylov — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Jaylov — yaylov so`zining shevada talaffuz etilishi. YAylov asli yozda mol-qo`y boqiladigan joy demakdir. Qishloq nomi o`sha so`zdan olingan. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling