1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tarbiyaviy vazifasi
- Dars o`tish uslubi
- YAngi mavzuni o`tish rejasi
- YAngi
YAngi mavzu. «XII — XIII asrlarda Xorazm davlatining kuchayishi».
Mavzuning maqsadi: o`quvchilarga Xorazmning qadim-qadimdan ma`lum va mashhur bo`lganligi, Somoniylar davrida yarim mustaqil davlat sifatida uning tarkibiga kirganligi, uning Ma`mun ibn Muhammad davrida qudratli davlatga aylangani, ayniqsa Ma`mun ibn Ma`mun davrida fan va madaniyat g`oyat rivojlanib Xorazm akademiyasi tashkil topganligi tushuntiriladi. Darsning tarbiyaviy vazifasi: Bunda o`quvchilarga Xorazm yuksalgan davrda fan va madaniyatning nihoyatda rivojlanganligi, XI asrning eng mashhur qomusiy olimlari bu erga jalb etilganligi, bu erda Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, mashhur tabib Abulxayr Hammor, yirik riyoziyun Abu Nosir A`rrk va boshqa atoqli olimlarning Ma`mun ibn Ma`mun akademiyasini yaratganligi so`zlanib, o`quvchilarni o`z avlod-ajdodlariga mehr-muhabbat va ona diyoriga sadoqatli inson bo`lib etishish ruhida tarbiyalashdan iborat. Dars o`tish uslubi: dars og`zaki bayon qilish uslubi bilan olib boriladi. Darsni jihozlash: O`zbekiston xalqlar tarixining IV jildligi A. Asqarov tahriri ostida chop etilgan 3 jildlik O`zbekiston xalqlari tarixining 1-jildi, uning 5-sinf uchun yozgan O`zbekiston tarixi, SH. Karimov rahbarligida chop etilgan «O`zbekiston tarixi va madaniyati» (ma`ruzalar to`plami) ko`rsatiladi. O`zbekiston xaritasi atlas va al’bomlardan foydalaniladi. YAngi_mavzuni_o`tish_rejasi'>YAngi mavzuni o`tish rejasi 1. Xorazm davlatining kuchayishi. 2. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-siyosiy va xo`jalik hayoti. 3. Buxoro va Samarqand shaharlarida bo`lib o`tgan qo`zg`olonlar. 4. Xorazm hududidagi jamo xo`jaliklari, qishloq va rayonlar nomlarining kelib chiqish tarixi. 5. o`tgan mavzuni zamonga bog`lash. YAngi mavzuning konspekti Xorazm X asrda Somoniylar davlati tarkibiga kirardi. Somoniylar davlati bo`linib ketgan vaqtda u o`z mustaqilligini saqlab qolishga va Qoraxoniylar va G`aznaviylar davlatlari tarkibiga kirmay qolishga muvaffaq bo`ldi. Bu davrda Xorazm xo`jalik va madaniy hayotda katta yutuqlarga erishdi. Biroq 1017 yilda Mahmud G`aznaviy qo`shinlarini tor-mor keltirib, uni o`z davlatiga qo`shib oldi. 1240 yilda g`aznaviylar Xurosonni qo`ldan boy bergach, Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar o`rtasidagi o`zaro urushlar bu davlatlarning kuchsizlanishiga olib keladi va XII asr boshlaridan Xorazm mustaqil davlat sifatida yana taraqqiy eta boshlaydi. Uning hududi unchalik katta bo`lmasada, iqtisodiy jixdtdan kuchli va boy edi. Ko`chmanchi turkmanlar, eron, Volgabo`yi va Uzoq SHarq bilan olib borilgan savdo-sotiq aloqalarining qizg`in rivojlanishi shunga imkoniyat tug`dirgan edi. Hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi Xorazmda yuqori darajaga ko`tariladi. Bularning barchasi mustaqillik uchun kurashda qulay shart-sharoitlar yaratdi. 1141 yilda Samarqand yaqinida qoraxoniylar qo`shini bilan ko`chmanchi qoraxitoylar o`rtasida jang bo`ladi. Jangda qoraxitoylarning qo`li baland kelib, g`alaba qozonadilar. Bundan foydalangan Xorazm sultoni Otsiz Marvni bosib oladi. Takesh (1172 —1200) hukmronligi davrida Xorazm kuch-qudratga to`lgan davlat edi. Bu vaqtda davlat xududi eron sharqiy qismining bosib olinishi evaziga ikki marta kengaygan edi. Gurlan — Gurlan so`zining asl ma`nosi hali ma`lum emas. Bu so`zning kelib chiqishi haqida bir rivoyatda shunday deyiladi: bir vaqtlar bu hududga ko`r chol bilan cho`loq kampir ko`chib kelishibdi. Ular juda mohir hunarmand ekanlar. Ular tuzatgan narsalarini bozorga olib chiqib sotar ekanlar. Bozorda hech kimning narsasi o`tmasa ham ularniki bemalol sotilaverarkan. SHunda odamlar ikkalalarida biron sir bor, deb ularning atrofiga kelib joylasha boshlabdilar. O`sha hududni esa «ko`r va lang» deb atay boshlabdilar. Vaqtlar o`tishi bilan bu so`z o`zlashtirilib «Gurlan» bo`lib ketibdi. Xorazm lahjasida k — tovushi ko`pincha «g» shaklida ishlatiladi. SHuning uchun «ko`r» so`zi «gur» shaklida ishlatilib «gurlan» bo`lib ishlatilib kelinmoqda Hozir ham shu nom bilan yuritiladi. YAna bir manbada — «Qadimgi mualliflar O`rta Osiyo haqida» degan kitobda aytishlaricha, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot Xorazm haqida ko`p ma`lumotlar yozib qoldirgan. Gerodotning yozishicha, xorazmliklar, girkaniyaliklar, parfiyaliklar bilan bir-biriga yaqin joyda istiqomat qilganlar. YUnon tarixchisi tilga olgan «girkaniya» so`zi qadimgi turkiy yozuvlaridagi «Kurikan» qabilasining nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularning asrlar davomida fonetik o`zgarishidan «Gurlan» varianti kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ammo bundan Gurlandagi aholining nomi girkanlardan kelib chiqqan ekan, degan xulosaga kelib bo`lmaydi. Kichik bir ovulning nomi ham yoki oila boshlig`i yoki uning bir a`zosi nomi toponimikada asos bo`lib ketaverishi mumkin. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling