1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo`gi
Jalpaqteva — Samarqand viloyati Urgut rayonidagi qishloq. Ba`zilar yalpoqtepa deb to`g`ri talaffuz qiladilar. O`zbek-qipchoqlar tepa deyish o`rniga «teva» deb talaffuz qiladilar. Qishloqda jarat urug`i yashagani uchun uni Jarat ham deyishadi. YAlpoq tepani erli xalq shevasida Jalpoqtepa deyishadi.
Jo`gi - Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Jo`gi — O`rta Osiyo lo`lilarining bir qavmi. Jo`gi so`zining «qashshoq», «kambag`al» ma`nosi ham bor. Dapsan — tog` yonbag`ridagi tekis maydoncha, supa degan ma`noni anglatadi. Farg`ona viloyati O`zbekiston rayonida Depsan degan qishloq bor. Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on rayonida Jo`gidapsan degan tepalik ham bor. Qo`shxavut — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. SHu qishloqliklar va Nurota rayonining qo`shni qishloqlarida yashaydiganlar hovuzni «hovut» deyishadi. Hovuz so`zi o`zbek tilining barcha shevalarida arabchaga aslida yaqin shakllarda («ovuz», «avuz» deb) tallaffuz etiladi. Qishloqda ikkita hovuz bo`lganligi sababli erli xalq Qo`shhovuz — Qo`shhavut deb atay boshlaganlar. Gonchi — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi ariq va Tojikiston Jumhuriyati Xo`jand rayonidagi qishloq nomi. Gon (gonchi) so`zi tarixiy manbalarda, jumladan Alisher Navoiy asarlarida ko`p uchraydi. Gonchi — it g`ajib uzmasin uchun o`ning arqoniga bog`lanadigan yog`och, jun to`qimini tishlab iflos qilmasin uchun otning bo`yniga bog`lanadigan tayoq ham gonchi deyiladi. Afrosiyob — Samarqand shaxrining dastlabki nomi. Hozir arxeologiyaga oid kurikxona shu tepalikdan topilgan arxeologiyaga oid topilmalar Samarqandning yoshini aniqlashda asos bo`lib xizmat qiladi. Sug`dcha par siyov (par siyoh ob) — qora suv tepaligi degan ma`noni bildiradi. YA. G`. G`ulomovning fikricha, Solor, Kaykovus, Zolariq va Afrosiyob nomlari «SHohnoma» kitobi ta`siri ostida maydonga kelgan bo`lsa kerak. Varaksar — Samarqand yaqinidagi Robotxoja qish-log`ining oldingi nomi. Bu so`z «varg», «bandivarg» shaklida Rudakiy asarlarida ham tilga olingan, Varaksar «to`g`on boshi» demakdir. Haqiqatan ham o`rta asrlardayoq bu qishloq yonida Zarafshonga to`g`on qurilib, daryo suvi uch tarmoqqa bo`lingan. Bu ariqlar keyinchalik Darg`om, Abbos va Qoraunus deb atalgan. YAqin vaqtlargacha Zarafshon vodiysidagi Barkbon shahri yaqinidagi Varakdex — To`g`on qishlog`i bo`lgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi. SHunday qilib o`qituvchi keltirilgan tarixiy-geografik joylarning nomlari va toponimlaryga asoslanib, mazkur darsda Samarqand va uning vohasida juda ajoyib va turli-tuman nomlarning bir guruhinigina ko`rib chiqishga muvaffaq bo`linganini, o`quvchilar ham o`z jonajon maktabi, jamoa va davlat xo`jaligi, qishloq va rayon hududidagi nomlarning kelib chiqishi bilan qiziqishi hamda mana shunday toponimik ma`lumotlar yig`ishi zarurligi, bu esa ularga jonajon o`lka tarixini o`rganishda, mustaqil ijod qilishda olgan bilimlarini chuqurlashtirishda yaqindan yordam berishini ta`kidlaydi. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling