1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Download 327 Kb.
bet54/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Farg`ona — antik davr yunon olimlari bu viloyatdan deyarli bexabar qolganlar. Makadoniyalik Iskandarning Xo`jandgacha kelgani aniq. Ammo undan sharqqa, Farg`onaning ichiga o`ta olmagan. SHuning uchun bo`lsa kerak, yunoncha kitoblarda qadimiy Farg`onaning tavsifi yo`q. U tomonda «YAksart orqasida» allaqanday o`troq aholi borligigina qayd etilgan, xolos. Faqat ilk o`rta asr adabiyotidagina Farg`ona nomi qayd etilgan.
Farg`ona nomining ma`nosi shu choqqacha aniqlangan emas. Lekin bu haqda bir qancha izoh, taxmin va mulohdzalar bor: Gerodotning yozishicha, qadim zamonlarda O`rta Osiyoda Parikan nomli qabila bo`lgan; sanskrit tilida parkana deb kichik viloyatga aytiladi; pari xona, ya`ni «go`zallar yurti» degan ma`nosi xam bor; forscha parand (arabcha farand) — «shoyi», «ipak» so`zlaridan kelib chiqqan (farandxona — ipakxona degani); qadimiy fors-tojikchada pargona — «tog` oralig`idagi vodiy» demakdir. Bu so`zni mahalliy qabilalar o`rganib olib, o`z yurtlarini Farg`ona deb atay boshlaganlar; Farg`ona «har xona» so`zlaridan olingan ham deyiladi. Bu erning yaxshiligini bilib, har joydan turli qavmlar ko`chib kelgan, ekinzor barpo qilib, turg`un bo`lib qolgan. Xonadonlari har joy-har joyda, tillari ham har xil bo`lgan. Ularni «xar xona» deganlar. Bu so`zlar iste`molda Farg`ona bo`lib ketgan, deydi Najib Bakron (XIII asr boshlari) o`zining «Jahonno-ma» kitobida. Buni YOqut Hamaviy boshqacharoq izohlaydi: xar xonadan bittadan kishi ko`chirilib keltirilgan, shundan «az har xona» (har xonadan) deyilgan, keyinchalik bu so`z Farg`ona bo`lib qolgan, deydi u; Tojikiston tog`lari (Turkiston, Zarafshon tizmalari) Falg`ar deb atalgan. Bu so`zning «tog` etagi» degan ma`nosi ham bor. SHundan Farg`ona nomi yasalgan deydi N. G. Mallitskiy; parkana — qadimgi tojik tilida «berk vodiy» degan so`z. Pomirdagi rushon shevasida parkana deb «har tarafi tog`, bir yonigina ochiq bo`lgan vodiyga aytiladi» deydi prof. M. S. Andreev.
Zahiriddin Muhammad Bobur Farg`ona viloyatini tasvirlar ekan, M. S. Andreev aytgan rushoncha iborani o`zbekcha bayon etgan: «Girdogirdi tog` voqe` bo`libtur. G`arbiy tarafidan. . . tog` yo`qtur. Ushbu jonibtin o`zga hech jonibtin qish yog`i kelaolmas» (Boburnoma). Bir mulohaza. Antik dunyo tarixchilarining ma`lumotiga ko`ra, «parfiyaliklar» (Janubiy Turkmaniston) bir zamonlar skiflar orasidan quvilgan qabila edilar, parf so`zi skifcha «quvilgan kishilar» demakdir ... ularning kiyimi tiniq (ipak) va burmalidir. .. Ko`pincha ot minib yuradilar ... Parfiyaliklarning biridan-biri ko`chili — otliq askarlardir. . . Davan’ (Farg`ona) bilan An’si (Parfiya) shevalari o`rtasida ancha farq bo`lmasa-da, ularning tili xiyla o`xshash va ular gaplashganda bir-birini tushunadilar». Parf qabilasining ko`p xususiyatlari Farg`onada ham bor: yaxshi otlar, ipak kiyim, til o`xshashligi. «Farg`ona» nomi Parfiyona — Parfona — Farg`ona transformatsiyasi bo`lmaganmikan, degan fikr ham xayolga keladi.
Ammo yuqoridagi 10 ta izohning birortasini ham qat`iy deb aytolmaymiz. Faqat shunisi aniqki, bu viloyatning eng dastlabki nomi Farg`ona yoki Parfona bo`lganligini yirik sharqshunos V. A. Livshits isbotlab bergan.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling