1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Download 327 Kb.
bet50/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Hayrovot — rayondagi beshinchi qishloq bo`lib, Xiva qal`asining shimoli-g`arbiy tomonida joylashgan. Ma`lumki, rovot — bu darvoza degani. Demak, qishloq Xiva xonligining shimoli-g`arbiy tomondagi darvozasi bo`lgan. Hayrovot balki, odamlar aytganlariday, xayrli darvoza, fayzli darvoza, yaxshi darvoza ma`nolarini bildirishi ham mumkin.
O`rtayop rayondagi oltinchi qishloq, o`rtayop cho`zilib ketgan ariqning o`rta markaziy qismida joylashgan qishloq ma`nosini ham bildiradi. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Qatag`on — rayondagi ettinchi qishloqning nomi. SHevada qatag`on so`zi yo`q. Bu so`z fors tilida — yo`qolgan, qurilgan va topib bo`lmaydi, degan ma`noni bildiradi. Urganch, SHovot va Qo`shKo`pir rayonlari hududiga o`xshash qumlik sahrolar shu qishloqning yo`q bo`lib ketishiga, nomi esa Qatag`on bo`lib ketishiga sababchi bo`lishi mumkin. Suv chiqarish qiyin bo`lgan paytlarda qum barxanlari qishloq erlarini ko`mib yuborgan, natijada qurg`oqchilik bo`lib turgan. Qatag`on nom albatta bejiz berilmagan. Mahalliy aholi orasida bu qishloq to`g`risida ma`lumotlar deyarli saqlanmagan.
Qo`shKo`pir — rayondagi sakkizinchi qishloq bo`lib, hozirgi kunda rayon markazidir. Nomining o`zidan ko`rinib turibdi, qo`sh — juft, ko`pir — ko`prik ma`nosini, ya`ni qo`shma ko`prikli, degan ma`noni bildiradi. Marhum akademik Muhammadjon YO`ldoshevning «Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi» degan kitobida bu haqda ancha ma`lumotlar bor. eng avval Qo`shKo`pir qo`sh ko`prik deb nomlangan. U erda katta G`azovon arig`i bor. Bu ariqning u tomoni bilan bu tomoniga o`tish uchun ikki joyiga katta ko`prik kurilgan. Qo`shKo`pir degan so`z shundan olingan.
G`azovot — rayondagi to`qqizinchi qishloq nomi. O`rta Osiyoda suv masalasi og`ir bo`lgani uchun Xiva xonlari ming-minglab odamlarni ariq qazishga safarbar qilganlar. Xon amaldorlari mehnatkash xalq ommasini ayamasdan ishlatganlar. Ariq qazish oddiy xalqqa ko`p mashaqqatlar keltirgan. Bu qishloq esa o`sha G`azovot arig`i bo`yida joylashgan bo`lgani uchun ham G`azovot nomini olgan, degan fikrlar bor.
Bog`ot — Xorazm viloyatidagi rayon markazi. Bog`ot etimologiyasini bog`zor, bog`lar, bog` va arabcha ot ko`plik affiksi «arz so`raydigan bog`» so`zi bilan bog`laydilar. Mahalliy xalqning aytishicha «bog`ot» poliz, polizchi degan ma`noni bildiradi.
Amudaryo — uni yunonlar hamda rimliklar Oksus yoki Oqsus, arablar esa «Jayhun» (telba) deb ataganlar. Daryoning hozirgi nomi esa Amuya shahri (XVI asr) nomidan olingan; bu shahdr keyinchalik Amudaryo deb atala boshlagan.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling