1-топшириқ Мавзу: Мустақиллик даври маънавияти
Download 34.5 Kb.
|
1-MT
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Mustaqillik davri ma’naviyati” mavzusi
- O’quvchi 5
1-ТОПШИРИҚ Мавзу: Мустақиллик даври маънавияти Assalomu aleykum ustoz, to’gri o’ylabsiz bizga pedagogic texnologiyalarning eng kerakli vaqti chunki hozir men va kursdoshlarimning ko’pchiligi maktabda dars olishgan bu albatta bizga qo’l keladi deb o’ylayman.! Tushunishimcha aqliy hujum texnologiyasi bu o’quvchilarni fikrlarini bilishga har bir fikrni qayd qilib qo’yish yoki eslab qolish orqali oxirida fikrlarni umumlashtirib masalaga javob topishga qaratilgan. Bunda o’quvchi fikriga baho qo’yilmaydi chunki agar baho qo’yilsa ular o’z xato fikrlarida mustahkam turib olishlari mumkin. Shuningdek, o’quvchilarning bir-birlarining fikrlari ustidan kulishiga yo’l qo’ymaslik kerak va har bir o’quvchi fikrini bildirib bo’lgandan so’ngina to’gri javobga o’tilishi kerak. Yuqoridagi “Aqliy hujum” strategiyasidan kelib chiqib “Mustaqillik davri ma’naviyati” mavzusi bo’yicha darsni rejalashtirishga harakat qilaman. O’qituvchi: Qani kim “Mustaqillik davri ma’naviyati” mavzusi bo’yicha o’z fikrlarini aytadi. Hozirda biz Alhamdullilah mustaqil davlatmiz va hozirgi ma’naviy hayotimiz qanday? O’quvchi 1 : Mening fikrimcha bugungi kunda bizning ma’naviyatimiz bizni g’oyaviy ta’sirlardan ushlab qola olmayapti deb o’ylayman chunki hozirgi yoshlarning ko’pi samrtfonlarga computer va telefondagi o’yinlarga berilib ketgan vaqtlarini zoya ketkazishmoqda. O’quvchi 2: Ma’naviyat har bir insonda ham shakllanavermaydi sababi buni kimdi tarbiya orqali olsa kimdir o’zini o’zi tarbiyalaydi ba’zilarda buning ikkisi ham yo’q Shuning uchun ma’navaviyatbinson hayotining bir qismi bo’lishi har bir insonning o’ziga bog’liq. O’quvchi 3 : Bugungi kundagi ma’naviy hayot bolalar va o’smirlarni internetdagi pornografik talqindagi mahsulotlardan himoya qila olmayapti. Bu esa ularning erta yetilishiga shuningdek, psixologiya buzilishi, o’ziga ishonch yo’qolishi va zinoga olib bormoqda . Shuningdek qo’shtirnoq ichidagi “ommaviy madaniyat” qurbonlari bugungi yoshlardir. Bu madaniyat dunyo aholisining axloqini ham kiyimini ham hayotini ham bir xillashtirmoqchi. Bular achinarli holat. Ma’naviyat qattiq tarbiya ostida ham berilishi kerak kerak paytda. O’quvchi4: Mustaqillik davrida ma’naviyatimiz boyish uchun Islom dini mamlakatimizda rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Jumladan 1992-yil Qur’oni Karimning ma’nolari o’zbek tilida nashr qilindi. Mamlakatda masjitlar ko’paydi. Bahouddin Naqshbandiy, Az- Zamaxshariy, Termiziy va Buxoriylarnig asarlari o’zbekchaga tarjima qilinib mamlakatda sotuvga chiqarildi. Imom al Buxoriyni “Al Jome as-sahis” asari va “Al adab al mufrad” o’zbek tiliga tarjima qilindi. O’quvchi 5: Mamlakatda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashkil etilgan Bu ham ma’naviy hayotni rivojiga hissa qo’shadi albatta. O’qituvchi: Demak sizlarni fikrlaringizga xulosa qiladigan bo’lsam. Mustaqillik yillarida ma’naviy hayotimiz sinfiylik, partiyaviylik balolaridan qutuldi. O’zimizning dinimizga qaytdik ajdodlarimizning bizga qoldirgan meroslarini tarjima qildik ulardan foydalandik. . Ammo bugungi kungi dolzarb muammolardan biri nafaqat yoshlar orasidagi balki katta yoshlilar o’rtasidagi axloqsizlik va ma’naviyatsizlikdir. Bularni bariga yechim topish kerak. Men bularga yechimni islomiy tarbiyada ko’raman. Tarbiyalangan ota-onalar farzandlarini yoshligidan tarbiyalashi kerak. Ota-onalarning o’zi Allohni tanib bolalariga uni tanitishi unga itoat qildirishi kerak, farzandlariga har xil badiiy kitoblarni o’qitishdan avval Qur’oni Karimni va hadislarni o’qitishi lozim. Ota-onalar farzandlariga axloq bobida ma’naviyat bobida o’rnak bo’lishi lozim… Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling