1-topshirig’i bajardi: Askarov Dilshodbek Guruh: 120-20ETo’ Tekshirdi : Fayzullayev Bekzod toshkent – 2023 Mavzu: Elektron biznesning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati
Download 1.31 Mb.
|
2-topshiriq.ZI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromaddan olinadigan soliqlarga
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona bojlari va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridagidek, mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini ham kiritish mumkin. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan mol-mulk solig’i kiradi. Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan yer solig’i kiradi. Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar egri va to’g’ri yoki bevosita va bilvosta soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To’g’ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo’lmaydi. Bu soliqlarga daromad va mulkdan to’lanadigan barcha soliqlar kiradi. To’g’ri soliqlar bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo’l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog’liqdir. Egri soliqlarning yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko’rsatuvchilar) bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi keyingi (so’nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi, ya‘ni bu yerda haqiqiy soliq to’lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovarlar ko’p bo’lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’g’ridan-to’g’ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, byudjetga to’lovlarni ham kamaytirishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak. Jahon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. Masalan: AQShda to’g’ri soliqlar salmog’ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo’lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotganidan darak beradi. Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni – mudofaa, milliy havfsizlikni ta‘minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo’lishi shart. Qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksining IV bo’limi ―Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari deb nomlanadi. Ushbu bo’limning 9-bobida davlat byudjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi ―Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish deb nomlanadi va unda davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko’rsatilgan: soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar; qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Byudjet kodeksining 51-moddasida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo’lib, ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: belgilangan normativlarga muvofiq: foyda solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; aksiz solig’i; yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo’yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno); bojxona bojlari; qo’shilgan qiymat solig’i; boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari, jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo’yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident bo’lgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi. Byudjet kodeksining 52-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish manbalari ko’rsatilgan bo’lib, ular: Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari: belgilangan normativlarga muvofiq: foyda solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; aksiz solig’i; yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo’yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno). suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig’i; yer solig’i; qurilish materiallari bo’yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq; aylanmadan olinadigan soliq; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im; boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo’naltiriladigan davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo’yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan molmulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi. O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin. Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling