Birinchi bosqich sirtqi ta`lim shakli tarix yo`nalishi talabalariga “Arxeologiya va etnologiya” fanidan
№1 topshiriq
1.“Arxeologiya fan sifatida” mavzusida taqdimot ishi qilish. (Izoh: taqdimot ishi o`n betdan kam bo`lmasligi, rasm, turli xil chizmalar va illyustratsiya - koʻrgazmali tasvirlash lozim 10 ballgacha baholanadi)
2. Atamalarga ta’rif bering. (Izoh: keltirilgan atamalarninig har biriga to`g`ri javob uchun 2 balldan beriladi. 10 ballgacha baholanadi)
Etnografiya -
Antropologiya –
Sfragistika –
Numizmatika –
Epigrafika –
3. “O‘rta Osiyoda arxeologik tadqiqot ishlari tarixi” mavzusida ma’lumot to’plash. (Izoh: to`plangan material kamida o`n betdan iborat bo`lishi, kitob va boshqa ishonchli manbalardan foydalanish lozim. 10 ballgacha baholanadi)
4.Ilk o’rta asrlarda o’lkamiz hududida mavjud bo’lgan arxeologik yodgorliklar xaritasini tuzish. (Izoh: xaritada yodgorliklar joylashgan hududlarni tasvirlash lozim. Albatta alohida belgilar asosida izohlash kerak bo`ladi. 10 ballgacha baholanadi)
5. Quyidagi savollarga javob toping. (Izoh: savollarga to’liq javob topish lozim bo`ladi. Har bir savolga to’g’ri javob uchun 2 balldan beriladi. 10 ballgacha baholanadi)
1. Ilk paleolit davri qanday bosqichlarga bo‘linadi?
2. Ilk paleolit davri yodgorliklari qaerlardan topilgan?
3. Selungur makonini kimlar o‘rgangan?
4. Eng qadimiy odam turlarini sanab bering?
5. Eng qadimiy tosh qurollar qaysi manzilgohlardan topib o’rganilgan?
Birinchi bosqich sirtqi ta`lim shakli tarix yo`nalishi talabalariga Arxeologiya va etnologiya fanidan
№2 topshiriq
1.“Paleolit davri va uning bosqichlari” mavzusida ma’lumot to’plash. (Izoh: to`plangan material kamida o`n betdan iborat bo`lishi, kitob va boshqa ishonchli manbalardan foydalanish lozim. 10 ballgacha baholanadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |