1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang
Download 69.03 Kb.
|
Ekologiya javoblari to'liq
Energiya piramidasi har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya miqdorini
aks ettiradi. Ekologik piramidalar orasida energiya piramidalari ekosistemaning funksional holati haqida to‘liq ma’lumot beradi. Chunki organizmlar soni va biomassasi ularda to‘plangan energiya miqdori bilan emas, balki ekosistema mahsuldorligi, biomassaning o‘sish tezligi bilan bog‘liq. Ekosistemaning aynan shu vaqtdagi organizmlar soni va ularning massasini, ya’ni statik holatini ifoda etadigan son va biomassa piramidalaridan farq qilib, energiya piramidalari oziq zanjiri orqali energiyaning o‘tish dinamikasini aks ettiradi. Energiya piramidasiga organizmlarning tana o‘lchamlari, ulardagi metabolizm jarayonlarining intensivligi ta’sir etmaydi, shuning uchun energiyaning barcha manbalari to‘g‘ri hisobga olinsa, piramida tipik shaklga ega bo‘ladi. Ekologik piramida qoidasiga binoan, quyi trofik darajadan yuqori darajaga energiyaning 10% i o‘tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni oltitadan oshmaydi. Biologik mahsuldorlik qonuniyatlarini bilish, energiya oqimini miqdoriy jihatdan hisob-kitob qilish imkoniaytining mavjudligi inson tomonidan sayyoramizdagi asosiy oziq manbalari hisoblanadigan tabiiy va sun’iy ekosistemalardan unumli foydalanishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu asosda ko‘p miqdorda birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikni oshirishda insonning xo‘jalik hamda tabiatdagi biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish mumkin. Ekosistemalarning dinamik holatini buzmasdan, mahsuldorligiga ziyon yetkazmasdan ulardagi o‘simliklar va hayvonlar biomassasidan oqilona foydalanish zarurligini har birimiz tushunishimiz zarur. Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi. Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi. Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi. Download 69.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling